16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:07
Jamiyat 👁 308

14 loyihaga salkam 1,5 mlrd soʻm: grant tanlovi gʻoliblariga sertifikatlar topshirildi

14 loyihaga salkam 1,5 mlrd soʻm: grant tanlovi gʻoliblariga sertifikatlar topshirildi

17-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va mazkur fondning Qoraqalpogʻiston boʻlinmasi tomonidan eʼlon qilingan davlat grantlari tanlovining gʻoliblariga sertifikatlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanida Jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi rahbari Paraxat Turdimuratov fond tomonidan eʼlon qilingan davlat ijtimoiy buyurtmalari, kelgusida rejalashtirilgan grant tanlovlarining yoʻnalishlari hamda tanlovda qatnashish shartlari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Jumladan, madaniy meros va turizm sohalarini rivojlantirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining davlat ijtimoiy buyurtmalari boʻyicha eʼlon qilingan tashlovda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirok etishi mumkin. Ushbu loyihalarini amalga oshirish uchun jami 2,5 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.

Shundan keyin grant tanlovi gʻoliblariga sertifikatlarni topshirish marosimi boshlandi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosari Rustam Saparbayev, Joʻqorgʻi Kengesning qoʻmita boshligʻi Sharapat Otemisov va boshqalar soʻzga chiqib, Prezidentimizning 2024-yil 26-avgustdagi farmoni davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini yanada oshirishga xizmat qilayotganini qayd etdi.

Hududlarda saqlanib qolayotgan muammolarni fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda hal etish, ularning tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida joriy yilda Parlament komissiyasi aʼzolari va Jamoat fondi vakillaridan iborat ishchi guruh hududlarda boʻlib, ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni aniqlagan va ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan davlat granti tanlovi eʼlon qilingan edi.

Aholining bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoya va sogʻliqni saqlash, atrof-muhit va sanitariya-gigiyena sharoitini yaxshilash, taʼlim, madaniyat va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini joriy etish, korruptsiyaga qarshi kurashish kabi yoʻnalishlarni qamrab olgan grant tanloviga fuqarolik jamiyati institutlaridan koʻplab loyihalar kelib tushdi.

Jumladan, Qoraqalpogʻistonda faoliyat yurituvchi fuqarolik jamiyati institutlaridan Oliy Majlis huzuridagi Jamoatchilik fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovga 64 ta, Jamoatchilik fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan eʼlon qilingan tanlovga esa 40 ta tashkilot maxsus platforma orqali oʻz loyihalarini taqdim qilgan.

Parlament komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi kesimida 14 loyiha gʻolib deb topildi va loyihalarga jami 1 mlrd 456 mln soʻm mablagʻ ajratildi.

Tadbir davomida grant tanlovi gʻoliblariga maxsus sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019