16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:20
Siyosat 👁 413

Choykoʻllik xotin-qizlar – farovon hayot va bunyodkorlik yoʻlida

Choykoʻllik xotin-qizlar – farovon hayot va bunyodkorlik yoʻlida

Bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning har sohada faol ishtiroki, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi oʻrni yildan-yilga ortib bormoqda. Hududlar kesimida joylarda ayol-qizlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga oʻrgatish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish borasida olib borilayotgan ishlar salmoqli natijalar bermoqda.

Bu borada Amudaryo tumanining Choykoʻl ovuli ijobiy tajribalarga boy. Bu yerda xotin-qizlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar boshqa hududlar uchun ibrat boʻla oladi.

Ovulda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli Saylixon Murodboyeva tashabbuskorligi bilan ayollarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularni “Ayollar daftari”ga kiritib, zarur yordamlar koʻrsatish tizimli yoʻlga qoʻyilgan. Natijada koʻplab xotin-qizlar oʻzining oilasiga qoʻshimcha daromad olib kirayotgan, oʻz tadbirkorligini boshlagan, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan fuqarolarga aylanishmoqda.

Xususan, ovulda yashovchi Saida Esenboyeva ana shunday ilgʻor ayollardan biridir. U “Ayollar daftari”ga kiritilgach, xotin-qizlar faoli va mutasaddilar koʻmagida kasb-hunarga oʻqitildi, subsidiya asosida tikuv mashinasi bilan taʼminlandi. Shu orqali u oʻzining tikuvchilik faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Hozirda esa nafaqat oʻziga, balki yana 10 nafar xotin-qizga ish oʻrni yaratgan holda, ular bilan birgalikda tikilgan mahsulotlarini Qozogʻiston Respublikasiga eksport qilmoqda.

Shuningdek, Oʻgʻiloy Meliyeva ham oʻz tashabbusini roʻyobga chiqarish uchun astoydil harakat qilgan ayollardan biri. U mahalla masʼullarining koʻmagida subsidiya asosida tikuv mashinasi olib, bugunga kelib 4 nafar shogirdni tayyorlamoqda. Uning maqsadi – hunar orqali yosh avlodni ish bilan taʼminlash, tajribasini ulashish orqali jamiyatga foydali inson boʻlishdir.

Ovulda istiqomat qiluvchi tajribali gulchi Bibirobiya Usmonova uzoq yillardan buyon farzandlari va nevaralari bilan birgalikda gulchilik bilan shugʻullanadi. U yetishtirayotgan gullar turfa xildaligi bilan ajralib turadi: xrizantema, turk gvozdikasi, adonis, situs, seren, liliya va 8 xil turdagi atirgullar. Bundan tashqari, mevali daraxtlar nihollari, 9 xil uzum navini parvarishlab, nafaqat ovul aholisini, balki butun tuman bozorlarini oʻz mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda. Gulchilik nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki atrof-muhitni obodlashtiradi, fayz baxsh etadi.

Bibirobiya Usmonovaning mehnati beqiyos eʼtirofga sazovor boʻlib, u “Ibratli ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu faqat bir ayolga emas, balki bir avlodga berilgan eʼtibor deyish mumkin. Zero, uning qizi – Dilrabo Oʻrazimbetova ham onasining izidan borib, “Umid uchquni” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Bu esa oilada qadrlangan mehnat, mehr va sabrning bevosita samarasidir.

Choykoʻllik yana bir faol ayol – Dilnoza Aytimbetova ham "Ayollar daftari" orqali oʻz orzusini roʻyobga chiqardi. U mahalla masʼullari yordamida parrandachilik uchun imtiyozli kredit olib, parrandachilikni yoʻlga qoʻydi. Joriy mavsumda u 4 marotaba joʻjalar yetishtirib, mahalladoshlariga sotdi va moʻmay daromad topdi. Endilikda esa bu faoliyatni yanada kengaytirish, parrandachilikni biznesga aylantirish niyatida. U ham hozirda boshqa xotin-qizlar uchun hayotiy namunadir.

Choykoʻl ovulidagi bu kabi misollar orqali ayollarga berilgan eʼtibor va koʻrsatilgan yordamlar natijasida qanday katta ijobiy oʻzgarishlarga erishish mumkinligini yaqqol koʻrsatadi. Har bir xotin-qiz oʻz oilasi, mahallasi va nihoyat jamiyat taraqqiyotida muhim rol oʻynaydi. Ularning harakatiga qanot bagʻishlash, imkoniyat eshiklarini ochish esa jamiyatimizning buguni va ertangi kuniga xizmat qiladi. Zero, ayollar qoʻli bilan yaratilgan mehnat, tinchlik va baraka olib keladi. Choykoʻllik ayollar esa buning yorqin dalilidir.

 Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026