16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:03
Iqtisodiyot 👁 305

Farovon mahallasi: Kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlida amaliy ishlar qilinmoqda

Farovon mahallasi: Kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlida amaliy ishlar qilinmoqda

Mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Ushbu ezgu maqsadlarning amaldagi ijrosini Amudaryo tumanidagi Farovon mahallasi misolida yaqqol koʻrish mumkin. Bu yerda “Mahalla yettiligi”, xususan, hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova boshchiligida aholining daromad manbalarini kengaytirish boʻyicha tizimli va manzilli ishlar olib borilmoqda. Faqatgina qogʻozlardagi raqamlar emas, balki aholining real muammolarini ichidan oʻrganish va ularga amaliy koʻmak berish mahalladagi faoliyatning asosiy mezoni etib belgilangan. Bu borada ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga alohida urgʻu berilmoqda.

Joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida fuqarolarning murojaatlari, tadbirkorlik qilish istagi va ehtiyojlari chuqur tahlil qilinib, aniq manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Oʻz biznesini boshlash istagida boʻlganlarga biznes-reja tuzish va hujjatlarni rasmiylashtirishda yaqindan yordam koʻrsatildi. Natijada 58 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning barchasi soliq.uz elektron platformasi orqali rasmiy roʻyxatdan oʻtkazildi va doimiy bandligi taʼminlandi.

Aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarga tikuvchilik, chorvachilik, issiqxona xoʻjaligi, savdo, parrandachilik va xizmat koʻrsatish kabi serdaromad sohalarni rivojlantirish boʻyicha kredit mablagʻlari ajratilib, koʻplab oilalarning moliyaviy barqarorligi taʼminlanmoqda. Shu bilan birga, bandlikni taʼminlash yoʻnalishida aholini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga oʻqitishga ham jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 31 nafar fuqaro, jumladan, 5 nafar yoshlar turli kasb-hunar kurslarida oʻqitilib, maxsus sertifikatlarga ega boʻldi. Shuningdek, aholi orasida kooperatsiyaning afzalliklari va davlat subsidiyalari haqida keng qamrovli targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar joylarda yangi biznes subʼektlarining paydo boʻlishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Masalan, Farovon-3 koʻchasida istiqomat qiluvchi yosh tadbirkor Jahongir Rahimboyev davlat koʻmagidan unumli foydalanib, "JAHONGIR OLTINOY" masʼuliyati cheklangan jamiyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etilgan ushbu veterinariya dorixonasi bugungi kunda chorvadorlarga zarur dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalarini uzluksiz yetkazib bermoqda. Kelgusida tadbirkor oʻz xizmat turlarini yanada kengaytirib, qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishni maqsad qilgan.

Xuddi shunday, mahallaning tashabbuskor yoshlaridan yana biri Yorqinoy Yerimbetova yakka tartibdagi tadbirkor sifatida oʻz tikuvchilik tsexini ochdi. Bugungi kunda samarali faoliyat yuritayotgan ushbu maskanda xotin-qizlar uchun milliy va zamonaviy liboslar, toʻy liboslari bichib-tikilmoqda. Yorqinoyning kelajakdagi rejalari katta boʻlib, u zamonaviy uskunalar xarid qilish orqali mahalladagi ishsiz ayollarni doimiy ish bilan taʼminlashni niyat qilgan.

Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni manzilli qoʻllab-quvvatlash tizimi ham eʼtiborga molik. Hududdagi jami 998 ta oila toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, ularning 54 tasi ijtimoiy reyestrga kiritilgan. Shulardan 23 tasi davlat taʼminotidagi, 25 tasi kambagʻal va 6 tasi kambagʻallik chegarasidagi oilalardir.

Reyestrga kiritilgan barcha oilalarning sharoitidan kelib chiqqan holda individual dastur ishlab chiqilib, bugungi kunga qadar 35 nafar fuqaroning muammolari ijobiy hal etildi. Shuningdek, kambagʻal oilalar aʼzolarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3 nafar fuqaroga asbob-uskuna xarid qilish uchun salkam 15 million soʻm miqdorida ssuda mablagʻlari ajratib berildi.

Olib borilgan mana shunday tizimli va keng qamrovli ishlar natijasida Farovon mahallasida kambagʻallik darajasi 2,5 foizga tushirilishiga erishildi. Bu koʻrsatkichlar shunchaki statistika emas, balki odamlarning hayotdan rozi boʻlib, ertangi kunga ishonch bilan intilayotganining amaldagi ifodasidir.

Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ishlar kelgusida ham uzluksiz davom ettiriladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019