16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:44
Siyosat 👁 524

“Ishbilarmon ayol – 2025” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

“Ishbilarmon ayol – 2025” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va nufuzi yil sayin mustahkamlanmoqda. Ularning iqtisodiy faolligini kuchaytirish, tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, “Ayollar daftari” orqali moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanayotgan ayollarning oʻz yoʻlini topishi, tadbirkorlik faoliyatini boshlab, boshqalarga ham yoʻl koʻrsatishi amaldagi islohotlarning samarasidir. Bugun tadbirkor ayollar nafaqat oʻz oilasi, balki butun jamiyat rivojiga hissa qoʻshayotgan katta kuchga aylanmoqda.

Ana shunday ezgu maqsadlarning amaliy ifodasi sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi tashabbusi hamda Oila va xotin-qizlar tuman boʻlimi hamkorligida “Ishbilarmon ayol – 2025” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu tanlov ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mamlakat taraqqiyotidagi oʻrni va masʼuliyatini yuksaltirishda muhim platforma vazifasini bajardi.

Tanlovda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari Goʻzal Saburova, partiyaning tuman Kengashi rahbari Yaxshimurod Ahmedov, shuningdek, partiyadan tuman Kengashiga saylangan deputatlar Madamin Kazakov va Muyassar Rahmatullayeva hamda tumandagi yetakchi tadbirkor ayollar ishtirok etdi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlardagi oʻrni, faolligi, tashabbuskorligi alohida eʼtirof etildi. Darhaqiqat, ayollarning tadbirkorlikka jalb etilishi oila daromadini oshiradi, farzandlar taʼlimi va sogʻligʻi, yashash darajasiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, kambagʻallikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Tanlov doirasida ishbilarmon, tashabbuskor ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi. Unda tadbirkor, hunarmand va tomorqa yer egalari oʻz mahsulotlarini namoyish qildi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan brendlar, toʻquvchilik, badiiy bezak sanʼati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, qoʻl mehnati buyumlari va milliy anʼanalarni ifoda etuvchi hunarmandchilik namunalari ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, koʻrgazmada milliy obrazlar aks etgan qoʻgʻirchoqlar, yumshoq oʻyinchoqlar, esdalik sovgʻalari, toʻquvchilik va tikuvchilik mahsulotlari, har xil non va non mahsulotlari, uy-roʻzgʻor buyumlari keng namoyish etildi.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda Amudaryo tumanida 70 nafardan ortiq tadbirkor ayol turli yoʻnalishlarda faoliyat yuritmoqda. Tanlovda esa 30 nafar tashabbuskor va faol tadbirkor ayol ishtirok etdi. Ular orasida “Ayollar daftari”da turib, davlat tomonidan koʻrsatilgan yordam orqali oʻz tadbirkorligini boshlagan, boshqa xotin-qizlarga hunar oʻrgatayotgan, ularning iqtisodiy mustaqilligiga yordam berib kelayotgan ayollar borligi alohida eʼtirof etildi.

– Bu koʻrik-tanlovda “Ayollar daftari”da turgan, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanish natijasida oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, boshqalarga ham hunar oʻrgatish orqali jamiyat ravnaqiga hissa qoʻshayotgan ayollar ishtirok etmoqda, – deydi tuman hokimi oʻrinbosari Goʻzal Saburova. – Bu – yurtimizda xotin-qizlarga qaratilgan eʼtibor va amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning yorqin samarasidir.

Tanlovni baholash jarayonida hakamlar hayʼati tomonidan belgilangan mezonlar asosida ishbilarmon ayollarning faoliyati xolis baholandi. Ayniqsa, yangi ish oʻrni yaratish, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatib ularning bandligini taʼminlash, biznesini eksportga yoʻnaltirish kabi omillar muhim mezon sifatida koʻrildi.

Tanlovda ishtirok etgan har bir ayol oʻzining amaliy ishlanmalari, yutuqlari, yangi gʻoyalari va kelajakdagi rejalarini taqdim etdi. Natijalarga koʻra, Dildora Xaytboyeva faxrli 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi. 2-oʻringa Toʻlganoy Xudaybergenova va Malika Xudaybergenova loyiq deb topildi. 3-oʻrin esa Fatima Davletova, Nilufar Xoʻjaniyozova va Saida Esenbayevalarga nasib etdi.

Tanlov yakunida gʻolib va sovrindorlarga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Shuningdek, bir guruh faol tadbirkor ayollar “Tashakkurnoma”lar bilan taqdirlandi.

“Ishbilarmon ayol – 2025” koʻrik-tanlovi tuman bosqichi ayollar tadbirkorligini ragʻbatlantirish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali maydonga aylandi. Bunday tadbirlar orqali har bir ayol oʻzini namoyon etish va boshqalar uchun namuna boʻlish imkoniga ega boʻlmoqda.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026