16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:19
Qishloq xoʻjaligi 👁 331

Amudaryo tumanida gʻalladan boʻshagan maydonlarda takroriy ekinlardan yuqori hosil olishning samarali usullari hamda iqtisodiy oʻsish kafolati

Amudaryo tumanida gʻalladan boʻshagan maydonlarda takroriy ekinlardan yuqori hosil olishning samarali usullari hamda iqtisodiy oʻsish kafolati

Amudaryo tumanida 2025-yilda gʻalla oʻrim-yigʻimi muvaffaqiyatli yakunlanib, hosildorlik koʻrsatkichlari oʻtgan yilga nisbatan yuqori boʻldi. Ayniqsa, fermer xoʻjaliklari tomonidan zamonaviy agrotexnika talablariga rioya qilingani, suv resurslaridan oqilona foydalanish, sifatli urugʻlik va agroqoʻllab-quvvatlash tizimining yaxshilangani natijasida yuqori natijalarga erishildi.

Bu yil tumanda 14 ming gektardan ziyod maydonda gʻalla yetishtirildi va hozirgi kunda ushbu maydonlarning katta qismida takroriy ekinlar ekildi. Xususan, tezpishar va qisqa vegetatsiya davriga ega boʻlgan mahsulotlar – mosh, kungaboqar, sabzavot va poliz ekinlarini ekish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Bu borada tuman fermerlar kengashi tomonidan takroriy ekinlarni ekish hamda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish boʻyicha koʻrsatma va maslahatlar berib kelinmoqda.

Tumanda 3540 gektar maydonda takroriy sabzavot-poliz, dukkakli, moyli ekinlar ekish rejalashtirilgan boʻlib, ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Amudaryo tumani Toʻlqin hududidagi “Amat Toʻrayev” fermer xoʻjaligi maydonida hududdagi fermer xoʻjaliklar, tegishli soha vakillari ishtirokida takroriy ekinlarni ekishda agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri tashkil qilish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

“Amat Toʻrayev” fermer xoʻjaligi tomonidan 31,1 gektar maydonda takroriy ekinlar ekish ishlari toʻligʻi bilan yakunlangan boʻlib, 15 gektar dukkakli, 5 gektar moyli ekinlar, 6,1 gektar ozuqa ekinlar, 5 gektar kartoshka ekinlari ekildi. Mazkur ekinlar eksportbop, yuqori hosildorlikka ega navlar asosida tanlab olinib, har bir fermer xoʻjaligi tomonidan agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, takroriy ekinlar uchun zamonaviy, suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilayotgani eʼtiborga molik.

Alohida faollik koʻrsatayotgan quyidagi ilgʻor fermer xoʻjaliklari: “Tajimurotov Ismoil”, “Annamuratov Baqqol”, “Rajab Japaq”, “Usta Allayor”, “Azimjon vaysak”, “Xolbek Elbek”, “Boboniyozov Farxod”, “Saporboy Qodir”, “Gulmira Gulrux”, “Matnazarov Sodiqbek”, “Xidirov Samad”, “Allamberganov Shakirjon”, “Ermanov Urozboy”, “Kuralbay Allamovich”, “Javohir Javlonbek Shaxzodbek”, “Yusuf xoʻja”, “Amat Toʻrayev”, “Feruz Ravshanbek”, “Yakupova Gavhar”, “Erkin Rasulov asalchi” fermer xoʻjaliklari tomonidan takroriy ekinlar nafaqat tuproq unumdorligini oshiradi, balki bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlar bilan taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, oylik daromad oqimini taʼminlashga xizmat qiladi.

Ayni paytda Amudaryo tumani hokimligi, tuman agrar boʻlimi, suv xoʻjaligi va tuman fermerlar kengashi hamkorligida takroriy ekinlar ekish jarayonini qoʻllab-quvvatlash, urugʻ, mineral oʻgʻit va yoqilgʻi bilan taʼminlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Shu bilan birga, har bir fermer xoʻjaligi bilan alohida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, samaradorlikni oshirish choralari koʻrilmoqda.

Amudaryolik fermerlar ekin maydonlaridan ikki karra foyda olishga intilmoqdalar. Bunday saʼy-harakatlar mamlakatimiz agrosanoat salohiyatini mustahkamlashda muhim qadam hisoblanadi.

Amudaryo tumani Fermerlar Kengashi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019