16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Qishloq xoʻjaligi 👁 368

BOGʻDORChILIK VA BALIQChILIK SOHALARIDA AMALGA OShIRILAYoTGAN IShLAR YuZASIDAN PRESS-TUR TAShKIL ETILDI

BOGʻDORChILIK VA BALIQChILIK SOHALARIDA AMALGA OShIRILAYoTGAN IShLAR YuZASIDAN PRESS-TUR TAShKIL ETILDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi hamkorligida Amudaryo tumanida ommaviy axborot vositalari uchun press-tur tashkil etildi.

Tadbirda Amudaryo tumani va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi bir qator OAV vakillari ishtirok etishdi. Mazkur tadbir tumandagi meva va uzum yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari faoliyati, yerdan unumli foydalanish tajribasi hamda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari dastlab Choykoʻl ovulidagi “Amu anorlari” MChJ tomonidan barpo etilgan 8 gektarlik anor bogʻida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Xususan, Amudaryo tumanida anorchilik yoʻnalishini rivojlantirish, anorning mahalliy iqlim sharoitiga mos navlarini yaratish, mavjud anor daraxtlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasining oʻzgaruvchan ob-havosiga moslashishini taʼminlash, mavsumiy ishlarni tashkillashtirish borasidagi bogʻbonlarning tajribalari ham oʻrganildi.

Press-tur ishtirokchilari ayni paytda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar natijasida moʻl hosil toʻplayotgan har bir tup anor daraxtidan kuzda qancha meva yigʻishtirib olinishi boʻyicha bogʻbonlarning rejalari, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshishga qaratilgan ezgu niyatlari bilan qiziqdilar. Mazkur bogʻda yetishtirilayotgan anor mevalari tuman aholisining ehtiyojini toʻla qondirishdan tashqari, hosilning bir qismini yondosh ichki bozorlarga yoʻnaltirish imkoniyatining mavjudligi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shundan soʻng, press-tur ishtirokchilari “Mangʻit omad savdo” MChJga qarashli 12 gektar maydonda tashkil etilgan uzumzor bogʻda ham boʻldilar. Sohibkor bogʻbonlar tomonidan uzumzorda parvarish qilinayotgan serhosil uzum navlari, mevalarni zararkunanda hasharotlardan asrash maqsadida olib borilayotgan kimyoviy ishlov berishning ahamiyati, shuningdek, uzum toklarini xomtok qilishning hosildorlikni oshirishdagi foydali jihatlari, mazkur xoʻjalik mutaxassislarining nazariy va amaliy tajribalari hamda agrotexnik yondashuvlari haqida maʼlumotlar berildi.

Press-turning keyingi manzili “Amu toʻlqin baligʻi” MChJ boʻlib, bu yerda ishtirokchilar 10 gektarlik olma va 6 gektarlik oʻrik bogʻlari faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar. Shuningdek, ishtirokchilarga “Amu toʻlqin baligʻi” MChJ mutaxassislarining tumanda baliqchilikni rivojlantirish, aholining baliqchilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondirishga qaratilgan reja va tashabbuslari, bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning natijadorligi haqidagi maʼlumotlar ham taqdim etildi. Bundan tashqari, mazkur MChJ tasarrufidagi 10 gektarlik olma va 6 gektar maydondagi oʻrikzor bogʻlar, mazkur bogʻlarda yetishtirilayotgan mevalarni hoʻl va quritilgan holda qishga saqlash, aholi ehtiyojidan ortigʻini ichki bozorga yoʻnaltirish hamda MChJning eksport salohiyati xususida raqamlar asosida batafsil maʼlumotlar berildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, hozirgi kunda Amudaryo tumanida bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishida 61 ta qishloq xoʻjaligi korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy yer maydoni 1046 gektarni tashkil etib, shundan 641 gektari — hosildor, 405 gektari esa yangidan barpo etilgan bogʻlardir.

Joriy yilning bahor mavsumida fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan 76 gektar maydonda intensiv bogʻlar tashkil etildi. Ayniqsa, tumanda bogʻdorchilik yoʻnalishiga qiziquvchi faol yoshlar soni ortib bormoqda.

Shuningdek, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi hamda tuman Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassislari hamkorligida tashkil etilayotgan bu kabi chora-tadbirlar tufayli bogʻlarda ishsiz yoshlarni bandlikka jalb etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Press-tur ishtirokchilari tadbir davomida nafaqat tumanda bogʻdorchilikni rivojlantirish, balki bogʻdorchilik mahsulotlarini qishgi mavsumga saqlash, qayta ishlash, baliqchilik sohasini zamon talablari darajasida rivojlantirish borasidagi innovatsion gʻoya va tashabbuslar, anorchilikni daromadli sohaga aylantirish borasidagi reja va tajribalar bilan ham batafsil tanishish imkoniga ega boʻldilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019