16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:16
Jamiyat 👁 239

“Ogʻir mahalla” dasturi doirasida 8 ta mahallada 24 milliard soʻmlik loyihalar amalga oshirilmoqda

“Ogʻir mahalla” dasturi doirasida 8 ta mahallada 24 milliard soʻmlik loyihalar amalga oshirilmoqda

Mamlakatimizda aholi turmush farovonligini yuksaltirish va hududlar infratuzilmasini tubdan yaxshilash borasidagi islohotlar bugun yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi hamda 21-fevraldagi qarorlari ijrosi doirasida Amudaryo tumanida ham keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu saʼy-harakatlarning asosiy maqsadi — hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kambagʻallikni qisqartirishdan iborat. Bu borada sharoiti murakkab hududlarni qamrab oluvchi “Ogʻir mahalla” dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur dastur asosida joriy yilda Amudaryo tumanidagi 8 ta mahalla tanlab olinib, ularning har biriga respublika byudjetidan 3 milliard soʻmdan, umumiy hisobda esa 24 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi.

Mazkur mablagʻ birinchi navbatda aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etishga, yoʻl, suv va elektr taʼminotini yaxshilashga yoʻnaltiriladi. Jumladan, dastur doirasida hududlarda 6 kilometr uzunlikdagi yoʻllarga asfalt qoplamasi yotqizish va 53,2 kilometr yangi elektr tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan. Shuningdek, elektr taʼminotidagi uzilishlarning oldini olish maqsadida tarmoqni SIP kabel orqali yangilab, beton ustunlar bilan birga 19 ta zamonaviy transformator oʻrnatiladi. Bundan tashqari, hududlarda 160 kilovatt quvvatga ega quyosh panellari montaj qilinadi. Dehqonchilik va tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish, suv taʼminotini yaxshilash uchun 10 ta kuchli suv nasosi va 2 ta aholi punktida jami 6 ta artezian qudugʻi barpo etiladi. Aholi tomorqalariga suv chiqarish maqsadida diametri 250 va 300 millimetr boʻlgan nasoslar oʻrnatilib, 2 kilometr uzunlikdagi Jumur yop kanali taʼmirlanadi.

Infratuzilmani rivojlantirish bilan bir qatorda, hududning ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oʻstirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amalga oshiriladigan loyihalar natijasida tumanda 402 ta yangi ish oʻrni yaratiladi va 419 nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilish imkoniyatiga ega boʻladi. Natijada 536 nafar aholining doimiy daromad manbai yaratiladi. Ishbilarmonlik muhitini qoʻllab-quvvatlash orqali 144 ta yangi tadbirkorlik subʼekti tashkil etilib, mavjud 87 ta korxonaning faoliyati yanada kengaytiriladi. Ushbu iqtisodiy jonlanish ortidan mahalliy byudjetga qoʻshimcha 1 milliard 460 million soʻm tushum tushishi kutilmoqda. Savdo va xizmat koʻrsatish sohasini kengaytirish maqsadida 98 ta savdo lotlari ham tashkil etiladi.

Tumanning Yuqori qishloq mahallasi misolida ham dastur ijrosining real samarasini koʻrish mumkin. Bu yerda umumiy hisobda 3 ta yirik loyiha hayotga tatbiq etilmoqda. Dastlabki loyiha doirasida 70 million soʻm evaziga 665 ta xonadonga tegishli 3,1 gektar tomorqa yerlarining oqar suv taʼminoti tubdan yaxshilanadi. Ikkinchi loyiha elektr energiyasi taʼminotini yaxshilashga qaratilgan boʻlib, Navqiron avlod va Gʻallakor koʻchalarida 420 million soʻm mablagʻ evaziga 250 kilovatt quvvatli transformator oʻrnatiladi. Bunga qoʻshimcha ravishda Manzara, Navqiron avlod, Posbonlar, Fermerlar va Milliy istiqlol koʻchalari boʻylab beton ustunlar oʻrnatilib, 1 milliard soʻmlik elektr tarmoqlari tortiladi. Har ikki loyiha boʻyicha pudratchilar aniqlangan va buyurtmachi sifatida "Hududiy elektr tarmoqlari" aktsiyadorlik jamiyati belgilangan. Uchinchi loyiha asosida esa mahallani tuman markazi va boshqa tutash hududlar bilan bogʻlovchi yoʻllarga 1 milliard 510 million soʻm mablagʻ sarflanib, sifatli asfalt qoplamasi yotqiziladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi “Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan tumaning Qilichboy ovulida “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda. Shu maqsadida respublika byudjetidan 5 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Mazkur dastur doirasida hudud infratuzilmasini butunlay oʻzgartiruvchi qator manzilli loyihalar shakllantirildi.

Jumladan, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash uchun 200 million soʻmga 2 ta vorkaut maydonchasi hamda 400 million soʻmga 2 ta bolalar oʻyingohi barpo etiladi. Shuningdek, 1,5 milliard soʻm mablagʻ evaziga 2 kilometr uzunlikdagi piyodalar va velosiped yoʻlaklari qurilishi belgilangan. Mahalla koʻchalarini obodonlashtirish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida 250 million soʻmga 50 ta tungi yoritish chirogʻi, 50 million soʻmga “aqlli” svetofor oʻrnatiladi. 950 million soʻm mablagʻ evaziga 3 kilometr uzunlikdagi yoʻllarda joriy taʼmirlash ishlari bajariladi. Bundan tashqari, elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 50 million soʻm mablagʻ evaziga 3 kilometr uzunlikda masofaga SIP kabeli tortilib, 100 million soʻmga 1 ta 250 kilovatt quvvatga ega zamonaviy transformator oʻrnatiladi. Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 1,5 milliard soʻmga kichik bozorcha tashkil etish ham koʻzda tutilgan.

“Ogʻir mahalla” dasturi va “Yangi Oʻzbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasidagi bu kabi tizimli ishlar hududlar qiyofasini tubdan oʻzgartirib, aholining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019