16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:19
Jamiyat 👁 390

PORA OLISh VA BERISh — KORRUPTsIYaNING ENG KENG TARQALGAN KOʻRINIShI. BU HAQDA ULAMOLAR NIMA DEYDI?

PORA OLISh VA BERISh — KORRUPTsIYaNING ENG KENG TARQALGAN KOʻRINIShI. BU HAQDA ULAMOLAR NIMA DEYDI?

Islom dini jamiyatda sogʻlom muhitni shakllantirishni hamisha diqqat markaziga qoʻygandir. Bu oliy maqsad yoʻlida xalq orasidagi barcha jabhadagi illat va kamchiliklarning oldiga qatʼiy toʻsiqlar qoʻygan. U har qanday ishni joriy qilishda oʻzining hikmatli yoʻli – bir illatdan qaytarsa, uning muqobilida bir necha toʻgʻri va savobli amallarni taklif etadi.

Bizning bugungi suhbatdoshimiz “Yusuf Eshon bobo” jome masjidi imom-xatibi hoji Abdurahmon maxsum Matsapayev boʻldilar.

— Assalomu alaykum, tahririyatimizga xush kelibsiz. Pora olish va berish — korruptsiyaning eng keng tarqalgan koʻrinishi. Bu illat dinimizda qanday izohlanadi?

— Vaalaykum assalom, assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Pora olish Qurʼon va sunnat hamda ijmoʼga koʻra, harom. Qurʼonda Alloh taoloning soʻzi bor: “Oralaringizdagi mollaringizni bekordan-bekor yemanglar!”. Bosqinchilik, sudxoʻrlik, qimor kabi botil, bekor va puch narsalarga ham shariat qonunlari ruxsat bermaydi. Bu xususda Qurʼoni Karimda Alloh taolo bunday degan: “Mol (va boylik)laringizni oʻrtalaringizda botil (yoʻllar) bilan yemangiz! Shuningdek, bila turib, odamlarning haqlaridan bir qismini gunoh yoʻli bilan yeyish (oʻzlashtirish) maqsadida uni hokimlarga havola etmangiz!” (“Baqara” surasi, 188-oyat).

Al-Buqoʼiy rahimahulloh “al-Munosabot” asarida “va tudlu” soʻzini: “Hokimlarga maxfiy holatda umumiy pora bilan ishlarni oʻzingizning foydangiz tarafiga burish uchun bera koʻrmanglar!” deya ifodalaganlar.

Al-Halvoniy rahimahulloh: “Pora – chelakni quduqqa suv tortib olish uchun maxfiy tarzda tushirish maʼnosida”, deganlar. Yaʼni, pora beruvchi nohaq ravishda mol-dunyo yeyishga hukm chiqartirish maqsadida oʻz porasini maxfiy ravishda hokimga beradi.

Poraning sunnatda harom qilinganiga kelsak, bu boradagi hadislar juda koʻp. Ulardan biri Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mana bu qargʻishlaridir: “Pora beruvchiga ham, pora oluvchiga ham Allohning laʼnati boʻlsin!”. Yana ul zoti bobarakot: “Pora beruvchini ham, pora oluvchini ham, ikkovi orasida yurib porada vositachilik qiluvchini ham Alloh laʼnatlasin!”, deganlar.

— Diniy aqidalarga koʻra pora berish qanday koʻrinishlarda namoyon boʻladi?

— Pora toʻrt xil boʻladi. Ikki tarafdan ham harom boʻladigan turi. Agar bulardan biri pora berib qozi boʻlsa, qozi boʻlib hisoblanmaydi. Bu holatda pora oluvchiga ham, qozi boʻluvchiga ham haromdir. Ikkinchi turi — qoziga uning foydasiga hukm qilishini koʻzlagan holda pora berishdir. Bu pora ikki tomonga ham harom. Qozining hukmi xoh haq boʻlsin, xoh nohaq boʻlsin, buning farqi yoʻq. Yana bir turi shuki, oʻzining jonidan yoki mol-mulkidan qoʻrqib, birovga pora bergan boʻlsa, bunday pora oluvchiga harom, beruvchiga harom emas. Agar birov uning molidan tama qilsa, molidan bir qismini unga bersa ham xuddi shundaydir. Yana bir turi esa porani podshoh oldida ishini oʻtkazib berish uchun bersa, berish halol boʻladi. Bu holatda oluvchiga pora olish halol boʻlmaydi. Chunki dinimizda muhtojning mushkulini oson qilib, ishini bitirish masalasida xolislik, yaʼni tama qilmaslik ustuvor hisoblanadi.

— Jamiyatimizda shunday holatlar uchrab turadi: qaysidir maʼnoda xodim mansabdorga hadya shaklida nimadir berish orqali ishini bitirishga harakat qiladi. Islomda hadya berishlikka munosabat qanday?

— “Al-Aqziya”da qayd qilingan: “Hadya – sovgʻa uch xil boʻladi. Birinchisi, hadya beruvchi tarafga ham, oluvchiga ham halol. Bu mehr-muhabbat sababli sovgʻa oldi-berdisidir. Ikkinchisi, ikki tarafga ham – hadya beruvchiga ham, uni oluvchiga ham haromdir. Bu zulmga yordam berish uchun hadya berishdir. Uchinchisi, hadya beruvchi tomonga halol. Bu oʻziga qaratilgan zulmni toʻsish uchun hadya berishdir. Bu oluvchiga harom. Buning hiylasi uni uch yoki bir necha kun ijaraga olib turishdir. Agar muddatni belgilamasa, joiz boʻlmaydi. Bularning hammasi shart qoʻyilganda boʻladi.

— Jamiyatimizda chuqur ildiz otgan illatlar — firibgarlik, tovlamachilik, odam savdosi bilan bogʻliq korruptsiyaviy holatlar ham diniy qadriyatlarimizga mutlaqo yot hisoblanadi. Bu borada xalqimizga qanday maslahat berasiz?

— Zinhor-bazinhor bir-birlaringizga yolgʻon soʻzlamang, shaxsiy manfaatingiz, nafsingiz yoʻlida birovning mol-mulkini oʻzlashtirib olishga intilmang, oʻzgaga pand berish orqali boylik orttirishga intilmang, hech qachon pora olmang va pora taklif qilmang, buning oxiratda albatta javobi bor.

— Sermazmun suhbatingiz va maslahatlaringiz uchun katta rahmat.

— Minnatdorman, barchamizni Yaratgan egam hidoyat yoʻlida adashtirmasin.

Suhbatdosh Robiya Yoʻldosheva.

Maqola “Amudaryo televideniyesi” tahririyatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

Qoraqalpogʻiston boʻlinmasi tomonidan moliyalashtirilgan “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida tayyorlandi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019