16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:44
Qishloq xoʻjaligi 👁 335

Amudaryo tumanida hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish ishlari sifatli amalga oshirilmoqda

Amudaryo tumanida hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish ishlari sifatli amalga oshirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sohasini zamonaviy standartlarga moslashtirish va xalqaro talablarga javob beradigan tizimni joriy etish maqsadida 2025-yil 6-avgustda “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun mamlakatimiz chorvachilik sohasida tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjat hisoblanadi va iqtisodiyotning muhim tarmogʻini yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Qonuning asosiy maqsadi Oʻzbekiston hududida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan hamda koʻpaytirilayotgan barcha hayvonlarni belgilangan tartibda identifikatsiya qilish va roʻyxatga olishdan iborat. Bu tizim orqali har bir hayvonning kelib chiqishi, sogʻligʻi, maxsuldorligi va harakati haqida toʻliq maʼlumot olish mumkin boʻladi.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish chorvachilik mahsulotlarining sifatini nazorat qilish, kasalliklarning tarqalishini oldini olish va eksport salohiyatini oshirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bu tizim fermerlarga oʻz qaramogʻidagi hayvonlarni samarali boshqarish va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Qonun asosida Amudaryo tumanida ham qator amaliy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunga qadar tumanda 10 ming 167 bosh qoramol muvaffaqiyatli identifikatsiya qilindi. Bu raqam mahalliy chorvachilik sohasida qonunning qanchalik tez va samarali amalga oshirilayotganini koʻrsatadi.

Tumanning Toʻlqin ovulida faoliyat yuritayotgan “Ilhom Shohruh” fermer xoʻjaligida ham qoramollarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish ishlari sifatli tarzda bajarildi. Ushbu xoʻjalik Belorus Respublikasidan 98 bosh “Limuzin” va “Angus” zotli sigirlarni import qilgan boʻlib, ularni amaldagi veterinariya-sanitariya talablariga rioya qilgan holda sifatli parvarish qilmoqda. Qoramollar muntazam ravishda veterinariya koʻrigidan oʻtkazilayotgani va emlash ishlari oʻz vaqtida amalga oshirilayotgani ularning sogʻlom rivojlanishida muhim omil boʻlmoqda. Bu tajriba boshqa fermer xoʻjaliklari uchun namuna boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.

Aytish joizki, qonunga muvofiq Qoramol, qoʻylar, echkilar va tuyalar tugʻilganidan oʻn toʻrt kundan keyin, otlar tugʻilganidan toʻrt oydan keyin, itlar va mushuklar esa tugʻilganidan uch oydan keyin identifikatsiya qilinishi hamda roʻyxatga olinishi lozim.

Saqlash yoki koʻpaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan hayvonlar esa olib kirilgan sanadan eʼtiboran yigirma bir kundan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan va koʻpaytiriladigan hayvonlar soʻyilgan, nobud boʻlgan yoki Respublika hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda yetti kunlik muddatda hisobdan chiqariladi.

Yangi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda chorvachilik sohasining rivojlanishida muhim qadam hisoblanadi. Bu tizim orqali mahsulot sifatini oshirish, xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va fermerlarning iqtisodiy faoliyatini yanada yaxshilash mumkin boʻladi. Kelajakda bu qonun asosida chorvachilik sohasida raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi va zamonaviy boshqaruv tizimlarining yaratilishi koʻzda tutilgan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026