16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Fan va taʼlim 👁 310

"Ustozlar milliy forumi" doirasida shuʼba seminarlari oʻtkazildi

"Ustozlar milliy forumi" doirasida shuʼba seminarlari oʻtkazildi

19-avgust kuni Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan anʼanaviy toʻrtinchi "Ustozlar milliy forumi" "Mahoratli oʻqituvchi – millat tayanchi" shiori ostida oʻz ishini boshladi. Taʼlim sifatini oshirish va sohaga innovatsion yondashuvlarni joriy etishdek ezgu maqsadlarni oʻzida mujassam etgan ushbu nufuzli anjuman mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi, Amudaryo tumanida ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Qayd etish joizki, mamlakatimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirish va ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Bu jarayonda pedagoglarni muntazam ravishda sohadagi yangiliklardan xabardor qilish, ularga eng ilgʻor metodikalarni oʻrgatish va oʻzaro tajriba almashish imkoniyatini yaratish muhim ahamiyatga ega. Har yili yangi oʻquv yili arafasida oʻtkaziladigan "Ustozlar milliy forumi" ana shunday tizimli ishlarning yorqin namunasidir.

Toʻrtinchi bora oʻtkazilayotgan “Ustozlar milliy forumi” Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida 14-avgust kuni, Nukus shahrida oʻtkazilib, unda tumandan 14 ta fan yoʻnalishi va maktabgacha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 33 nafar ilgʻor pedagoglar ishtirok etgan edi.

Forumning mantiqiy davomi sifatida tumandagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi va 4- hamda 5-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida fan yoʻnalishlari boʻyicha shuʼba seminarlari boʻlib oʻtdi.  Shuʼba seminarlarida 14 ta fan yoʻnalishlari boʻyicha 85 ta umumtaʼlim maktablaridan oʻz fanining yetuk bilimdonlari boʻlgan 1177 nafar ilgʻor oʻqituvchilar hamda 53 ta maktabgacha taʼlim tashkilotidan 53 nafar mohir pedagoglar ishtirok etishib, 2025-2026 oʻquv yilida oʻqituvchi va tarbiyachilar oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalar, oʻz fan yoʻnalishlari boʻyicha soʻnggi yangiliklar boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi. Shuningdek, yangi oʻquv rejalari, dasturlar, yangi avlod darsliklari va zamonaviy baholash tizimining mazmun-mohiyati ham atroflicha muhokama qilindi.

Shuʼba seminarlarida trener-oʻqituvchilar tomonidan oʻquv jarayoniga tatbiq etiladigan ilgʻor metodikalar boʻyicha mahorat darslari oʻtkazildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Forumning ushbu bosqichi nafaqat nazariy bilimlar berish, balki amaliy koʻnikmalarni shakllantirish, oʻqituvchilar oʻrtasida jonli muloqot va fikr almashish uchun samarali maydon vazifasini oʻtadi. Endilikda, seminarlarda olingan bilim va koʻnikmalar 25-30-avgust kunlari maktablardagi uslub birlashma va pedagogik kengash yigʻilishlarida barcha pedagoglar ishtirokida keng muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019