16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Jamiyat 👁 387

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan press-tur tashkil qilindi

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan press-tur tashkil qilindi

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va uning tuman, shahar filiallari tomonida keng qamrovli  xatlov ishlari olib borilmoqda.

Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholiga yanada kengroq maʼlumot berish maqsadida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun press-tur tashkil qilindi. Press tur ishtirokchilari Nukus shahrining Gone qala mahallasidagi xatlov jarayonlari, xususan, xatlov jarayonida Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va uning Nukus shahar filiali xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ommaviy axborot vositalari vakillariga xonadonma-xonadon yurish, oʻlchov ishlarini amalga oshirish, xodimlar va aholi vakillarining muloqot jarayonlari, oʻlchov maʼlumotlarini qogʻozda qayd etish tartibi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Qayd etish kerakki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 2025-yilda 166 ta mahallada xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Bu ishlarga hududlarda jami 175 nafar xodimlar safarbar qilingan.

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasida qonun ijrosi boʻyicha ishchi guruh tuzilgan boʻlib, bugungi kunga qadar 48 ming 498 ta koʻchmas mulk obʼektlari xatlovdan oʻtkazildi. 34 ming 277 ta obʼekt haqida maʼlumotlar UZKAD axborot tizimiga yuklangan va 18 ming 640 dona obʼekt “E’tirof” avtomatlashtirilgan tizimga oʻtkazilgan. 14 ming 992 ta obʼekt hozirda muhokama jarayonida boʻlib, 2 ming 401 ta obʼekt haqida maʼlumotlar Kadastr agentligining rasmiy kadastr.uz saytida va mahalla fuqarolar yigʻinlari binolarida eʼlon qilingan. Qolgan 561 ta obʼekt Adliya organlari tomonidan oʻrganilmoqda va komissiya tomonidan 23 ta obʼektning mulk huquqini eʼtirof etish rad etilgan. 54 ta koʻchmas mulk boʻyicha huquqlarni tan olish uchun xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlari kutilmoqda.

Nukus shahri boʻyicha joriy yil mobaynida 28 ta mahallada xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.  18-avgust holatiga koʻra 6 ming 105 dona koʻchmas mulk obʼektlari xatlovdan oʻtkazilib, 1 ming 584 dona obʼekt “E’TIROF” axborot tizimiga kiritilgan.

3 ming 786 ta obʼekt haqidagi maʼlumotlar UZKAD axborot tizimiga yuklangan boʻlib, 1 ming 584 dona obʼekt “E’tirof” avtomatlashtirilgan tizimiga oʻtkazilgan. 1 ming 417 ta obʼekt hozirda muhokama jarayonida boʻlsa, 165 ta obʼekt haqida maʼlumotlar Kadastr agentligining rasmiy kadastr.uz veb-saytida va mahalla fuqarolar yigʻinlari binolarida eʼlon qilingan.

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi  boshqarmasi boshligʻi Sardor Urunboyev va Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi  boshqarmasi boshligʻi Isatay Tleuovlar ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarga qonun ijrosi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Qonunga koʻra, ijobiy xulosa qabul qilinganidan keyin fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan bir martalik toʻlovni amalga oshirish borasida sms-xabarnoma yuboriladi. Xabarnoma asosida bir martalik toʻlovni amalga oshirganlarga esa har chorakda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlari bilan tegishli huquqlar eʼtirof etiladi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, baʼzi fuqarolar tomonidan bir martalik toʻlovlarni toʻlashni kechiktirish holatlari kuzatilib, bu egalik huquqini tan olish muddatining choʻzilishiga olib kelmoqda va oʻz-oʻzidan qonun ijrosini taʼminlashdagi muddatlarning buzilishiga sabab boʻlmoqda.

Masalan, bugungi kunda ijobiy xulosalar olgan 176 nafar fuqarolarga toʻlov borasida sms-xabarnoma yuborilgan boʻlishiga qaramasdan, mulk egalari tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish jarayoni kechiktirilmoqda. Shu oʻrinda fuqarolarga mazkur qonun bilan yaratib berilgan qulaylik va imkoniyatlardan unumli foydalanib qolishlarini, mulklariga nisbatan tegishli huquqlarni rasmiylashtirib olishlari uchun bir martalik toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishlarini tavsiya qilamiz.

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonuni koʻp yillardan beri yechimini topmay kelayotgan muammolarni hal qilishga, fuqarolarning mulkka oid huquqlarini kafolatlashga, ijtimoiy adolatni taʼminlashga va koʻchmas mulk bozorini tartibga solishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019