16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:49
Jamiyat 👁 301

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: mahallalarda mehr-muruvvat va eʼtibor manbai

"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi: mahallalarda mehr-muruvvat va eʼtibor manbai

Bugungi kunda Oʻzbekistonda ijtimoiy davlat tamoyillarini hayotga tatbiq etish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylangan. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy boʻlinmalari – “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari aynan shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanining Olmazor mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim Sharofat Qurboniyazovaning faoliyati misolida ham bu tizimning samaradorligini yaqqol koʻrish mumkin.

Har bir oila eʼtiborda

2024-yilning sentyabr oyidan mazkur lavozimda ish boshlagan Sharofat Qurboniyazova qisqa vaqt ichida keng qamrovli ishlarni amalga oshirdi. Mahalladagi 656 ta xonadon va 1 ming 25 ta oila, umumiy 3 ming 242 nafar aholining ijtimoiy ahvoli chuqur oʻrganildi. Natijada, 140 nafar nogironligi bor shaxslar, 68 ta kam taʼminlangan oilalar, 37 ta kambagʻal oilalar, 9 nafar vasiylikka olingan bolalar hamda 3 nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollar aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borish tartibi yoʻlga qoʻyildi.

Ijtimoiy xodim mahalla raisi bilan hamkorlikda ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordam koʻrsatishni ham tizimli ravishda yoʻlga qoʻydi. Misol uchun, 19 nafar nogironligi bor shaxsga turli xil moslamalar – nogironlik aravachasi, hassa, qoʻltiq tayoq va eshitish moslamalari berildi. Shuningdek, 3 nafar birinchi guruh nogironligi bor shaxslarga ularning farzandlari qarovchi etib biriktirildi va ularga ish staji hisoblanmoqda. Bu chora nafaqat moddiy, balki maʼnaviy koʻmak berishning ham yorqin namunasidir.

Ham moddiy, ham ruhiy yordam

Olmazor mahallasida hozirda 66 ta oilaga bolalar nafaqasi, 2 ta oilaga esa moddiy yordam koʻrsatilmoqda. Bundan tashqari, 4 nafar fuqaroga nogironlik guruhi tayinlanishiga erishildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi qaroriga asosan, 80 ta ehtiyojmand oila uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolidagi qoʻshimcha xarajatlarni qoplash maqsadida roʻyxat shakllantirilib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga taqdim etildi.

Ijtimoiy xodimning faoliyati faqatgina moddiy yordam bilan cheklanib qolmaydi. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan 6 nafar ayolga mahalla faollari va markaz psixologlari yordamida ruhiy maslahatlar ham berib borilmoqda. Mahallada yashovchi Gulbaxor Matiyakubova, Yangiboy Sobirov va Sohida Koʻklanova kabi yana koʻplab birinchi guruh nogironlarining xonadonlariga ijtimoiy xodim tez-tez tashrif buyurib, ularning holidan xabar oladi. Bunday eʼtibor aholining davlatga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga, ijtimoiy himoyaning manzilli boʻlishini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Mahalla darajasida kompleks xizmatlar koʻrsatish orqali har bir ehtiyojmand fuqaroga individual  yondashuv qoʻllanilmoqda. Bu faqat moddiy yordam emas, balki insonlarning ijtimoiy integratsiyasini taʼminlash, ularning oʻz kuchiga boʻlgan ishonchini qaytarish va mustaqil hayot kechirishga tayyorlashni oʻz ichiga oladigan yaxlit tizimdir.

Xulosa qilib aytganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari mahalladagi har bir fuqaroning muammosiga eʼtibor qaratib, ularni hal etishga amaliy yordam bermoqdalar. Bu esa mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi haqiqatdan ham yangi sifat bosqichiga koʻtarilganidan dalolat beradi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019