16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:21
Sport 👁 424

Mustaqillik bayrami arafasida “Hokim kubogi” musobaqalari oʻtkazildi

Mustaqillik bayrami arafasida “Hokim kubogi” musobaqalari oʻtkazildi

Joriy yilning 20–25-avgust kunlari davomida Amudaryo tumanidagi ovul va mahallalar jamoalari oʻrtasida mini futbol boʻyicha oʻtkazilgan “Hokim kubogi” musobaqasi bayram arafasidagi eng yorqin voqealardan biri boʻldi. Mamlakatimiz Mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan sport tadbirlari davomida har bir ovul va mahalla jamoasi gʻalaba uchun bor kuchini safarbar etgan holda gʻoliblik uchun kurashdi. Tomoshabinlar ham mini futbol maydonlaridagi qizgʻin, bir-biridan qiziqarli bahslarga guvoh boʻlishdi. Ular har bir oʻyinda oʻz hududining jamoasini qoʻllab-quvvatlab, haqiqiy sport bayrami muhitini yaratishdi.

Shiddatli bellashuvlar yakuniga koʻra 1-oʻrin Toʻlqin ovuli jamoasiga, 2-oʻrin Navoiy nomli mahalla yoshlariga, 3-oʻrin esa Kuyuk-koʻpir ovulining mini futbol jamoasiga nasib etdi.

27-avgust kuni boʻlib oʻtgan tantanali taqdirlash marosimida gʻolib va faol ishtirok etgan jamoalar diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov soʻzga chiqib, jismoniy tarbiya va sportning inson salomatligidagi ahamiyati, yoshlarning maʼnaviy va jismoniy barkamolligini taʼminlashdagi beqiyos hissasi haqida alohida toʻxtaldi.

Hokim oʻrinbosari oʻz soʻzida ushbu musobaqa sportchilar mahoratini sinovdan oʻtkazishga, yoshlarda bir-biriga hurmat, doʻstlik, hamjihatlik kabi fazilatlarni mustahkamlashga hissa qoʻshganini alohida taʼkidladi. “Sogʻlom avlod – yurt kelajagi, bizning eng katta boyligimizdir”, — dedi u oʻz nutqida.

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda sportni rivojlantirish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Soʻnggi yillarda barcha hududlarda zamonaviy sport inshootlari barpo etilmoqda, mahallalarda sport maydonchalari tashkil qilinmoqda, yoshlarga sport bilan muntazam shugʻullanish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan “Sogʻlom turmush tarzi” va “Besh tashabbus” loyihalari asosida yoshlarni ommaviy sportga jalb etish, qizlar sportini rivojlantirish, isteʼdodli sportchilarni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun yoshlarimiz nafaqat respublika, balki xalqaro maydonlarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Tumanimizda tashkil etilgan “Hokim kubogi” musobaqasi ham ushbu yuksak islohotlarning amaliy ifodasidir. Sport – sogʻlik garovi, birlik va doʻstlik ramzi, yoshlar tarbiyasining muhim maktabidir. Mustaqillik bayrami arafasida oʻtkazilgan bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga mehr, sogʻlom turmushga intilish va doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026