16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Qishloq xoʻjaligi 👁 259

Amudaryo tumanida bogʻdorchilik rivojlanmoqda

Amudaryo tumanida bogʻdorchilik rivojlanmoqda

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasiga berilayotgan eʼtibor tufayli bugungi kunda agrar tarmoq jadal rivojlanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan sohani isloh qilish, modernizatsiyalash va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Buning natijasida, qishloq xoʻjaligiga zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yechimlar va xorijiy investitsiyalar keng jalb etilmoqda. Maqsad – nafaqat ichki bozorni sifatli va arzon mahsulotlar bilan taʼminlash, balki eksport salohiyatini ham oshirishdir.

Sababi, qishloq xoʻjaligi – mamlakat iqtisodiyotining tayanchi, oziq-ovqat xavfsizligining asosi, qishloq aholisining bandligini taʼminlashda asosiy tarmoq hisoblanadi. Ushbu sohaning barqaror rivojlanishi, aholi turmush darajasining yuksalishiga, mamlakatning iqtisodiy qudratining oshishiga xizmat qiladi.

Ayniqsa, bogʻdorchilik sohasi qishloq xoʻjaligining eng serdaromad va istiqbolli yoʻnalishlaridan sanaladi. Meva-sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talab nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham yuqori. Shu sababli, intensiv bogʻlarni tashkil etish, serhosil va eksportbop navlarni ekish, ularni yetishtirishda ilgʻor agrotexnologiyalarni qoʻllash muhim ahamiyat kasb etadi.

Amudaryo tumanining Xolimbeg ovuli hududida joylashgan “Xolimbeg mevasi” MChJ tasarrufidagi 15 gektar yer maydoniga 2023-yilda Turkiyadan keltirilgan 8 ming 200 tup turk nok nihollari ekilgan boʻlib, mazkur bogʻ joriy yilda meva bera boshladi.

Turkiyadan keltirilgan ushbu nok navi oʻzining tez hosilga kirishi, yuqori hosildorligi va mevasining totliligi bilan ajralib turadi. Ushbu navning mevalari yirik, sersuv va xushboʻy boʻlib, inson salomatligi uchun zarur boʻlgan koʻplab vitamin va minerallarga boy.

MChJ rahbari Qurolbay Japaqov davlatimiz tomonidan dehqon va fermerlarga, yer egalariga, tomorqachilarga berilayotgan keng imtiyozlar va amaliy qoʻllab-quvvatlashlar soha vakillarining ish unumdoriligini yanada oshirishga, daromadlarini koʻpaytirishga katta turtki berayotganini alohida minnatdorchilik bilan taʼkidlaydi.

U oʻz tasarrufidagi yerga erta bahorda kartoshka va piyoz ekib, kartoshkadan gektaridan 400 tsentner, piyozdan esa 250 tsentner hosil oldi. Shuningdek, boʻshagan maydonlarga karam, koreys karami, bulgʻor qalampiri hamda sabzi ekib, ulardan ham moʻl hosil olishni maqsad qilgan.

Bogʻ qator oralariga takroriy ekinlar ekishning ahamiyati juda katta. Bu birinchidan, ikki-uch marta hosil olish imkonini beradi, yaʼni yerdan foydalanish samaradorligini keskin oshiradi. Ikkinchidan, bu qoʻshimcha daromad manbai boʻlib, fermer xoʻjaligining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlaydi. Qolaversa, turli ekinlarni almashlab ekish tuproq unumdorligini saqlashga beradi.

Darhaqiqat, soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, mintaqada yangi loyihalarning koʻpayishiga, ishlab chiqarish hajmining oshishiga va aholi farovonligining yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Bunday imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanib, oilasiga va xalqiga foydasi tegayotgan, mamlakat iqtisodi rivojiga hissa qoʻshayotgan Qurolbay Japaqov kabi mahoratli dehqonlar zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish orqali qishloq xoʻjaligida yuqori natijalarga erishmoqdalar. Ularning fidoyi mehnatlari samarasi bozorlarimizdagi arzonchilik, dasturxonlarimiz toʻkinligida oʻz aksini topmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019