16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:56
Fan va taʼlim 👁 324

TUMAN HOKIMI OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

TUMAN HOKIMI OLIMPIADASI OʻTKAZILDI

Mamlakatimiz taʼlim tizimida, ayniqsa, maktab taʼlimi sohasida izchil islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, taʼlimning barcha bosqichlariga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlarning salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilanib, amalga oshirilmoqda. Bu kabi choralar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bilim va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish, madaniy-maʼnaviy saviyasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Aynan ana shu yoʻnalishdagi ishlarni yuqori sifat darajasiga koʻtarish, bilimdon yoshlarni kashf etish maqsadida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda “Brighton school” oʻquv markazi hamkorligida tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 3-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ingliz tili fanidan tuman hokimi olimpiadasi tashkil qilindi. Olimpiadada tumandagi 86 ta umumtaʼlim maktablaridan 1200 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Hokim olimpiadasining ochilish marosimida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Yalgʻashboy Shamuratov soʻzga chiqib, oʻquvchilar oʻrtasida bunday olimpiadalarni oʻtkazish ularning iqtidori va bilim darajasini aniqlash hamda chekka hududlarda oʻquv markazlari tashkil qilishga asos boʻlishini taʼkidlab oʻtdi. Qolaversa, hokim olimpiadasini oʻtkazishdagi eng asosiy maqsad alohida qobiliyatli oʻquvchilarning iqtidorlarini yuzaga chiqarishlari uchun zarur sharoitlar yaratish ekanligi alohida qayd qilindi.

“Brighton school” oʻquv markazi direktori Nurbek Jumaniyozov oʻquvchilarga olimpiadaning oʻtkazilish tartibi haqida batafsil tushunchalar berdi va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Bu kabi olimpiadalar oʻtkazilishi taʼlim muassasalari oʻquvchilari orasidan ingliz tili boʻyicha bilimli, ushbu fanga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish bilan bir qatorda oʻsib kelayotgan yosh avlodning kelgusida xalqaro miqyosda tashkil qilinadigan fan olimpiadalarida ishtirok etishlari uchun mustahkam zamin yaratadi. Shuningdek, nufuzli xalqaro olimpiadalarda Oʻzbekiston jamoasining natijadorligini oshirish maqsadida yosh bilimdonlarni tayyorlab borish imkonini ham beradi.

Aytish joizki, hozirgi globallashuv davrida ingliz tili dunyo miqyosida eng nufuzli va keng tarqalgan tillardan biriga aylangan. U xalqaro aloqalar, ilm-fan, texnologiya, biznes, madaniyat sohalari va internet maydonida asosiy muloqot vositasi hisoblanadi. Dunyo aholisining katta qismi ingliz tilini bilishi tufayli mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik va tajriba almashish samarali amalga oshmoqda. Shuningdek, zamonaviy bilimlar va ilmiy manbalarning asosiy qismi aynan ingliz tilida yaratilmoqda.

Shu sababli ham mamlakatimizda chet tillari, xususan ingliz tilini oʻqitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Maktablarda erta yoshdan boshlab bu tilni oʻrgatish orqali yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish, ularni xalqaro maydonda raqobatbardosh kadr qilib tarbiyalash maqsad qilingan. Ingliz tilini yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilar xorijiy adabiyotlardan foydalanish, nufuzli universitetlarda tahsil olish va zamonaviy texnologiyalarni tez oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Shu jihatdan, Amudaryo tumani hokimligi va xususiy oʻquv markazi hamkorligida tashkil qilingan olimpiada maktablarda ingliz tilini oʻqitish darajasini sinovdan oʻtkazish va kelgusida bu boradagi koʻrsatkichlarni tumanning eng olis hududidagi maktablarda ham yaxshilash choralarini koʻrishga zamin yaratadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019