16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:18
Fan va taʼlim 👁 433

Oʻqituvchi va murabbiylar sharafi – yurt eʼtiborida

Oʻqituvchi va murabbiylar sharafi – yurt eʼtiborida

15-sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida taʼlim fidoyilari bilan uchrashdi. Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida tashkil etilgan ushbu muloqot nafaqat poytaxt, balki butun mamlakat miqyosida katta voqea sifatida tarixga muhrlandi.

Tadbir zamonaviy onlayn texnologiyalar yordamida tashkil qilindi. Mamlakatimizning barcha hududlaridan 40 mingdan ziyod pedagoglar birdamlik va faxr-iftixor tuygʻusi bilan muloqotni kuzatib bordilar. Ular orasida Amudaryo tumanidan ham bir guruh taʼlim sohasi jonkuyarlari tuman hokimligining faollar zalida yigʻilib, bevosita ishtirok etdilar.

Shu kuni taʼlim-tarbiya sohasida alohida sohada oʻzining yuqori natijalari bilan namuna boʻlayotgan qator oʻqituvchilar davlat mukofotlariga sazovor boʻlishdi. Bu esa oʻz navbatida minglab ustozlarni yanada fidokorona mehnat qilishga ruhlantirdi.

Ochiq muloqot yakunlangach, Amudaryo tumani hokimligi tomonidan pedagoglar uchun “Diamond” restoranida bayram dasturxoni yozildi. Milliy taomlar, shirinliklar bilan bezatilgan dasturxon atrofida ustozlar samimiy suhbatlar qurib, bayramona kayfiyatda diydorlashdilar.

Oʻqituvchilik — mashaqqatli, ammo sharafli kasb. Ustozlikning mashaqqatlari yengil emas. Har bir darsga alohida tayyorgarlik koʻrish, har bir bolaning qalbiga yoʻl topish, har bir savolga javob topish — bularning barchasi mehr va sabrni talab qiladi. Shu bilan birga, har bir jamiyatning kelajagi boʻlmish yosh avlod uning qoʻlida tarbiyalanadi, taʼlim oladi. Bugungi kunda esa ushbu sharafli kasb egalariga davlat darajasida ham munosabat tubdan oʻzgardi. Ustozlar nafaqat maʼnaviy hurmat, balki amaliy imtiyozlar va professional rivojlanish imkoniyatlari bilan taʼminlanmoqda.

Soʻnggi yillarda taʼlim tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezident boshchiligida taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini muntazam oshirish tizimini kuchaytirish boʻyicha bir qator takliflar koʻrib chiqilmoqda. Masalan, maktab taʼlimi va oʻqituvchilar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilish, malaka oshirish tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ustozlarga moddiy ragʻbatlar joriy qilish choralariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bayram dasturida tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari va sozandalari ijro etgan kuy-qoʻshiqlar, jonli ijrolar yigʻilganlarga bayramona ruh ulashdi. Dildan yangragan kuy-qoʻshiqlar tadbirga fayz bagʻishladi.

Darhaqiqat, oʻqituvchi va murabbiylarga boʻlgan bunday ehtirom xalqimizning asriy qadriyatlaridan biridir. Bugun taʼlim fidoyilari mamlakat taraqqiyotining bosh mezoni sifatida qadrlanmoqda. Chunki har bir muvaffaqiyatli inson, har bir yutuq ortida ustozning fidoyi mehnati, sabr-toqati va mehr-muhabbati mujassamdir.

Bugungi tadbir oʻqituvchi va murabbiylarning jamiyatdagi oʻrni naqadar ulugʻ va bebaho ekanini yana bir bor koʻrsatdi. Ustozlar ehtirom topgan yurtda taʼlim-tarbiya sifatining yuksalishi, yosh avlodning bilimli va komil insonlar boʻlib voyaga yetishi shubhasizdir.

Amudaryolik taʼlim fidoyilari ham ana shu ulugʻ yoʻlda hamjihatlik bilan mehnat qilishga, farzandlarimiz kelajagini porloq qilishga bel bogʻlaganlar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026