16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:25
Fan va taʼlim 👁 483

"QIShLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISh" LOYIHASI DOIRASIDA YaNGI BOGʻChA BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

"QIShLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISh" LOYIHASI DOIRASIDA YaNGI BOGʻChA BINOSI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda qishloqlardagi aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etish orqali aholiga qulay turmush sharoitini yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada 2021-yil 18-sentyabr sanasida “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilinib, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi amaliyotga joriy etilgan edi. Unga koʻra, mazkur loyihani Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida jami 20 ta tumandagi 170 ta mahallalarda amalga oshirish ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.

Amudaryo tumanida ham Prezident qarori ijrosini taʼminlash, loyiha doirasidagi qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli olib borish va obʼektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda hududlarda “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida yangidan bunyod etilgan va rekonstruktsiya qilingan bino va inshootlar foydalanishga topshirilmoqda. Loyiha asosida qisqa muddat ichida Mangʻit shahrining Olmazor mahallasi hududida ham 120-oʻrinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Muassasaning ochilish marosimida Amudaryo tuman hokimining oʻrinbosari Nodirbek Kamolov ishtirok etib, mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida batafsil soʻz yuritdi va Olmazor mahallasi aholisini, ayniqsa, yosh ota-onalarni farzandlari taʼlim-tarbiyasi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, barcha qulayliklarga ega muassasa binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqan Olmazor mahallasi faollari va ota-onalar davlatimizning yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi gʻamxoʻrliklari uchun minnatdorlik bildirishdi hamda mazkur muassasa binosini bunyod etgan “Zamin qurilish-trans servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchi-bunyodkorlariga chin dildan rahmatlar aytishdi.

Shundan soʻng, quruvchi tashkilot masʼullari tomonidan muassasa binosining ramziy kaliti muassasa rahbariyatiga topshirildi va mahalla faollari hamda ota-onalar bino ichkarisiga kirib, bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bogʻcha hovlisida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, bolalar oʻyin maydonchalarining jihozlanishi bilan tanishdilar.

Zamon talablari darajasida jihozlangan muassasa binosining koʻrkam meʼmoriy qiyofasi barchaga manzur boʻldi va shu kunning oʻzida muassasaga ilk tarbiyalanuvchilar qabul qilinib, oʻz faoliyatini boshladi.

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish orqali hududlarni kompleks rivojlantirish, ularda yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini barpo etish va aholi turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida qilinayotgan barcha ezgu ishlar xalqimizning kelajakka va davlatga ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026