16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Fan va taʼlim 👁 295

RAHMAT SIZGA, BIRINChI USTOZIM!

RAHMAT SIZGA, BIRINChI USTOZIM!

Insoniyat yaralibdiki, doimo nimagadir intilib yashaydi. Yangi-yangi choʻqqilarni zabt etishga, hayot pillapoyalaridan yuksaklikka koʻtarilishni xohlaydi. Inson avvalo xayol qiladi, keyin orzu qiladi. Eng oxirida esa, oʻsha orzu aniq rejalar bilan belgilangan va bajarilishi shart boʻlgan qatʼiy maqsadga aylanadi. Insonning oʻz oldiga qoʻygan ushbu maqsadlarini amalga oshirishda ustoz deb atalgan munis va mehribon, jonkuyar va fidoyi insonning oʻrni beqiyos. Maktabga ilk bora qadam qoʻygan kunimizdan boshlab bizni oʻz farzandidek bagʻriga bosgan, nima yaxshi-yu nima yomonligini sermaʼno va muloyim soʻzlari bilan tushuntirgan zot — bizning birinchi ustozimizdir.

Men ham maktabga ilk bor qadam qoʻygan kunlarimni eslasam, haligacha yuragim oʻzgacha boʻlib ketadi. Esimda, uyimizning oldida dugonalarim bilan qoʻgʻirchoq oʻynayotgandik. Qoʻshnimiz Bibisora opa mendan bir yosh katta qizi Shahnozani yetaklab biz tomonga kelayotgan edi. "Vuuuy, Shahnozaning maktab formasi buncha chiroyli, sochlariga taqilgan oppoq bantikni qaraya, men ham maktabga borsam, oyimga xuddi shunaqasidan oldiraman," deb qoldi Muhayyo ismli dugonam. Men ham bu vaqtda unga havas bilan tikilib qolgan edim.

Uyga gʻizzillab yugurib kirdimu, non yopish uchun xamir qorayotgan oyimga meni ham maktabga olib boring, deb xarxasha qildim. Oyim tabiiyki: "Sen hali 7 yoshga toʻlganing yoʻq, seni qabul qilishmaydi," dedilar. Oʻsha kuni oyimdan arazlab, uyga kirmasdan faqat tashqarida yurdim, ovqat ham yemadim, juda maʼyus boʻlib qoldim. Oyim esa ikki kundan keyin yonimga keldilar-da: "Maktabga borishni juda xohlaysanmi?" deb soʻradilar. Men tasdiq maʼnosini bildirib bosh qimirlatgach, "Mayli unda ertaga olib boraman" dedilar. Oʻsha kuni kechasi bir olam orzu va quvonch tufayli koʻzimga uyqu kelmagan edi. Maktabga bordik. Meni imtihon qilishdi. Imtihondan aʼlo bahoga oʻtdim. Oyim zaruriy hujjatlarni toʻplab, maktab maʼmuriyatiga topshirdilar. Shu kundan eʼtiboran menda yangi hayot boshlangan edi.

Har kuni ertalab Shahnozadek chiroyli boʻlib, Navoiy mahallasidagi 30-sonli, taʼlim rus tilida olib boriladigan maktabga bordim. Maktabda meni qahramonim kutib olardi. U inson mening birinchi oʻqituvchim Qadirova Sharofat Nazirovna edi. Men ularga taqlid qila boshladim. Ularga oʻxshab yurishni, gapirishni, tabassum qilishni xohlar edim. Husnixatimni ham xuddi ularnikidek chiroyli qilishga tirishar edim. Har kuni ularning menga: “Barakalla, chaqqon va aʼlochi oʻquvchimdan aylanay!” deb erkalab qoʻyganlari meni oʻqishga boʻlgan ishtiyoqimni yanada oshirar edi.

Shu tariqa yillar oʻtdi. Yuqori sinfda bizga har xil yangi fanlar qoʻshildi. Ushbu fanlardan bir-biridan bilimli va tajribali ustozlar bizga dars bera boshlashdi. Bu yil 10-sinfga qadam qoʻyib anchagina katta boʻldik. Kimdir maktabni tugatib, oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishni koʻzlasa, kimdir biron kasb-hunar egallab, tadbirkorlik bilan shugʻullanishni niyat qilgan.

Lekin men shunga aminmanki, siz qaysi yoshda, qayerda boʻlmang, qanday kasb bilan shugʻullanmang, erishgan barcha yutuqlarimizning zamirida birinchi ustozimizning mehnatlari mujassamdir.

Kamola Oʻrazimbetova, 30-sonli maktabning 10-"A" sinf oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019