16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Fan va taʼlim 👁 316

Amudaryo tumanida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Oʻqituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlandi

Har bir millatning ertangi kuni, taraqqiyoti va ravnaqi yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga bogʻliq. Bu ishni esa yuksak maʼrifat va sabr-toqat bilan amalga oshiruvchi shaxslar – bu ustozlardir. Shu bois ham yurtimizda 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni ushbu kasb egalariga yuksak ehtirom ramzi sifatida keng nishonlanadi.

Amudaryo tumanida ham ushbu qutlugʻ sana katta koʻtarinkilik bilan nishonlandi. Tuman hokimligi tashabbusi bilan “Sher” toʻyxonasida ustoz va murabbiylar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Tantanali tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sapargul Utemuratova, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrazboyev hamda boshqa masʼul shaxslar ishtirok etib, fidoyi pedagoglarni samimiy tabrikladilar.

Tadbirda soʻz olganlar bugungi kunda mamlakatimizda oʻqituvchi va murabbiylarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, taʼlim-tarbiya sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga alohida toʻxtalib oʻtishdi. Jumladan, oʻqituvchilarning mehnatini munosib qadrlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha qilinayotgan saʼy-harakatlar haqida soʻz yuritildi. Ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi oʻrni hech qachon yoʻqolmasligi, bugungi islohotlarning bosh maqsadi ham aynan taʼlim-tarbiya sohasi fidoyilarining mehnatini eʼzozlash, kelajak avlodni bilimli, yurtga sadoqatli qilib tarbiyalash ekanligi alohida eʼtirof etildi.

Tadbir davomida yosh avlod tarbiyasiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan, bu borada yuksak natijalarga erishgan bir guruh ustoz va murabbiylar, tarbiyachi, pedagog xodimlar tuman hokimining tashakkurnomasi hamda taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman boʻlinmasi kengashi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Bu, albatta, ularning fidokorona mehnatiga boʻlgan munosib eʼtibor va hurmat ifodasi boʻldi.

Taʼkidlash joizki, har bir xalq oʻzining maʼnaviy kamoloti va kelajagini taʼlim-tarbiya tizimisiz tasavvur eta olmaydi. Ustoz – bu millatning maʼnaviy poydevorini yaratuvchi, kelajak avlodni tarbiyalovchi buyuk shaxsdir. Shu bois, ularning mehnatini qadrlash, ustoz shaxsiga ehtirom koʻrsatish barcha davrlarda dolzarb boʻlib kelgan.

Shu bois yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, oʻqituvchi va murabbiylarning jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, ularning mehnatini munosib qadrlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Oʻtkazilgan bayram tadbirida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan ijro qilingan shoʻx kuy-qoʻshiqlar, bildirilgan samimiy tabriklar, mehr va ehtiromga boy daqiqalar barchaga unutilmas bayramona kayfiyat ulashdi. Bu kabi hurmat va ehtirom, berilgan yuksak eʼtibor esa ustozlarning mehnatini qadrlash ramzi, davlatimiz va jamiyatimizning ularni naqadar eʼzozlashining amaldagi isboti boʻldi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019