16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Jamiyat 👁 358

Boʻzatovda nogironligi boʻlgan bolalar uchun "Kunduzgi parvarish" xizmati ish boshladi

Boʻzatovda nogironligi boʻlgan bolalar uchun "Kunduzgi parvarish" xizmati ish boshladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5-fevraldagi “Nogironligi boʻlgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan 2025-yil 1-martdan boshlab 1-oktyabrga qadar respublikaning barcha hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi.

Qarorning asosiy maqsadi – aholining eng zaif qatlamining hayot sifatini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish va oilalarga koʻrsatiladigan ijtimoiy koʻmak hajmini kengaytirishdir.

Oʻzbekistondagi ijtimoiy himoya siyosatining amaldagi ifodasi sifatida mazkur qaror asosida Boʻzatov tumanida ham "Kunduzgi parvarish" xizmati yoʻlga qoʻyildi. Xizmat tumandagi yakka tartibdagi tadbirkor Kommuna Pirnazarovaga qarashli maktabgacha taʼlim tashkiloti bazasida tashkil etildi. Bu esa xususiy sektorning ham ijtimoiy loyihalarga faol jalb etilayotganini koʻrsatuvchi ibratli amaliyotdir.

"Kunduzgi parvarish" xizmatining ochilish marosimida Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi masʼullari, tuman mutasaddilari va aholi vakillari ishtirok etib, Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan bu tizim nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarning turmush tarzini tubdan yaxshilashga qaratilgan tizimli yondashuvning uzviy qismi ekanini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

Aytish joizki, guruhga qabul qilinadigan har bir bola Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi qoshida tuzilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan chuqur tekshiruvdan oʻtkaziladi. Bu jarayon har bir bolaning individual ehtiyojlarini aniqlash va unga mos individual rivojlantiruvchi dastur tuzish uchun xizmat qiladi.

Joylarda tashkil qilinayotgan bu kabi muassasalarda bolalar malakali mutaxassislar – logoped, defektolog, psixolog va tarbiyachilar koʻmagida nafaqat parvarish qilinadi, balki ular ishtirokida tizimli korrektsion-rivojlantiruvchi mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

Ushbu xizmatning yoʻlga qoʻyilishi bir nechta strategik maqsadlarga xizmat qiladi. Ulardan eng muhimi – "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi ijrosini taʼminlash orqali oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishdir. Sababi, nogironligi boʻlgan farzandini parvarishlash uchun, koʻp hollarda ota-onalardan biri mehnat faoliyatidan uzilib qolishga majbur boʻladi. "Kunduzgi parvarish" xizmatining tashkil etilishi, aynan shu ota-onalarga kunduzgi vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanish, daromad topish va oilaviy byudjetni mustahkamlash uchun real imkoniyat yaratadi. Bu oʻz navbatida oilaning ijtimoiy himoyaga muhtojligini kamaytirib, ularni mustaqil farovonlikka erishishga undaydi.

Bundan tashqari, xizmatning yana bir ulkan ijtimoiy ahamiyati – nogironligi boʻlgan bolalarni jamiyatga integratsiya qilishdir. Bolaning kunning maʼlum qismini maxsus dasturlar asosida rivojlantiruvchi markazda oʻtkazib, kechki payt oilasi bagʻriga qaytishi – uning ruhiy va psixologik holati uchun gʻoyat muhimdir.

"Kunduzgi parvarish" xizmati – bu shunchaki vaqtinchalik parvarish emas, balki nogironligi boʻlgan bolalarni ijtimoiy moslashtirish, oʻqitish va sogʻlomlashtirishga qaratilgan yangi tizim asosidagi kompleks yondashuvdir. Bu tizim bolalarning yoshi va rivojlanish xususiyatlariga qarab oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishni, ularning tengdoshlari bilan muloqot qilishi uchun sharoit yaratishni nazarda tutadi.

Ushbu tashabbus Boʻzatov tumanidagi koʻplab oilalarga yengillik olib kelib, ijtimoiy adolat va inson qadri tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019