16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:05
Jamiyat 👁 448

Boʻzatovda “Inson – insonga koʻmakchi” mavzusida seminar-kouching oʻtkazildi

Boʻzatovda “Inson – insonga koʻmakchi” mavzusida seminar-kouching oʻtkazildi

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, fuqarolarning muammolarini bevosita mahalla darajasida hal etishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Ushbu islohotlarning amaliy ifodasi sifatida tashkil qilingan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining eng yaqin yordamchisiga aylanmoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish uchun aholining fikr-mulohazalarini oʻrganish va ularni sohadagi yangiliklar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Boʻzatov tumanidagi Koʻk suv mahallasida "Inson – insonga koʻmakchi" mavzusida seminar-kouching tashkil qilindi. Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir mahalla aholisi va masʼul xodimlarni bir davraga birlashtirdi.

Seminar-kouchingni oʻtkazishdan asosiy maqsad – ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklarni keng jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish va aholi muammolarining yechimini birgalikda topishdan iboratdir.

Tadbirda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, mahallalarga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar hamda aholi vakillari faol ishtirok etdi.

Aytish joizki, bugungi kunda mahallalarda har bir sohaga alohida eʼtibor qaratilib, jumladan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini aniqlash hamda ularning muammolarini ijobiy hal etish boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan amaliy ishlar yoʻlga qoʻyilgan. 2023-yilning sentyabr oyidan boshlab mahallalarda ijtimoiy xodimlar lavozimi joriy etildi va Koʻk suv mahallasiga tayinlangan Allambergen Embergenov shu kunga qadar aholining eng yaqin koʻmakchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Seminar-kouchingda asosiy eʼtibor amaldagi meʼyoriy hujjatlar va aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlarning huquqiy asoslarini tushuntirishga qaratildi.

Markazning sektor bosh mutaxassisi Medet Arziyev yordamga muhtoj oilalar uchun gaz va elektr energiyasiga toʻlanadigan kompensatsiyalar haqida maʼruza qildi. Bu maʼlumotlar aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan davlat tomonidan berilayotgan moliyaviy koʻmaklarni toʻgʻri va oʻz vaqtida olish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Markazning yana bir sektor bosh mutaxassisi Bahodir Shamambetov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyuldagi “Ayollar daftari," "Yoshlar daftari" va "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasidan koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha batafsil tushuntirish berdi. Bu jamgʻarma aholining moddiy yordamga muhtoj qatlamlariga tezkor va manzilli koʻmak berishda muhim rol oʻynashi taʼkidlandi.

Shuningdek, markazning sektor bosh mutaxassisi Qiyas Xabipov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-aprel kuni "Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori haqida nutq soʻzladi. Bu mavzu nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash va ularni jamiyatga toʻlaqonli integratsiya qilish uchun juda dolzarb ahamiyatga ega ekani alohida qayd qilindi.

Seminar-kouchingdagi eng muhim jihatlardan biri – uning interaktiv tarzda oʻtkazilganidir. Ishtirokchilar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishish bilan birga, interfaol oʻyin asosida markaz xodimlari rolida oʻzlarini sinab koʻrdilar. Bunday amaliy yondashuv fuqarolarning tizimga boʻlgan ishonchini oshirib, muammolarga masʼul xodimlar nazari bilan qarash imkonini berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi va barcha savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.  Boʻzatov tumanidagi ushbu tadbir "Inson – jamiyatning tayanchi" tamoyili asosidagi ijtimoiy himoya tizimining mahalla darajasidagi samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy qadam boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026