16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 02:00
Jamiyat 👁 174

“Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi

“Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi

Mamlakatimiz boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramini munosib kutib olish va uni yuqori saviyada nishonlash maqsadida keng koʻlamli tayyorgarlik ishlari qizgʻin pallaga kirdi. Bayram arafasida yurtimizda “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu shior ostida barcha hududlarda xalqimizning mehr-oqibat, hamjihatlik va bagʻrikenglik kabi eng goʻzal fazilatlari yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-iyuldagi yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlashga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida joylarda keng qamrovli obodonlashtirish, bunyodkorlik va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlash ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Ana shunday ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasi sifatida Amudaryo tumanida ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, xususan, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar holidan xabar olish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Jumladan, Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining masʼul xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan, doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlikka muhtoj fuqarolarning xonadonlarida hashar yoʻli bilan tozalik va obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Tumandagi Choykoʻl ovuli hududida istiqomat qiluvchi, yolgʻiz yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslar Rahima Jumaniyazova hamda Toʻxta Saburova, shuningdek, Uyshin mahallasida yashovchi yolgʻiz nogironligi boʻlgan fuqaro Shavkat Raximabayevning xonadonlarida sanitariya-tozalash ishlari olib borildi. Mazkur xayrli va savobli ishlar Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, “Mahalla yettiligi” vakillari hamda “Qurboniyazov Jasur” masʼuliyati cheklangan jamiyati assistentlarining oʻzaro faol hamkorligida amalga oshirildi.

Jarayon davomida ushbu xonadonlar va ularning atrof hududlarida joylashgan daraxtlarga ohak surtilib, tevarak-atrofga shakl berildi. Bundan tashqari, chuqur tozalash ishlari olib borilib, hovli va uy atrofi turli xil maishiy chiqindilar hamda yovvoyi begona oʻtlardan toʻliq tozalandi. Natijada hudud qatʼiy sanitariya va gigiyena talablariga muvofiq holatga keltirilib, ozodalik va tartib oʻrnatildi.

Albatta, bunday tadbirlar faqatgina jismoniy mehnat yoki tozalash ishlari bilan cheklanib qolmaydi. Masʼullar tomonidan ushbu fuqarolarning holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari, sogʻligʻi va ruhiy holati yaqindan oʻrganildi. Ular bilan oʻtkazilgan dildan suhbatlar davomida tibbiy, psixologik va boshqa turdagi maishiy-ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlari tahlil qilinib, mutaxassislar tomonidan tegishli maslahat va kerakli yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Olib borilgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari natijasida ushbu xonadonlarning sanitariya holati yaxshilanib, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning munosib yashashi uchun yanada qulay va ozoda muhit yaratildi. Bunday xayrli va insonparvarlik tadbirlari jamiyatimizda yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama va manzilli qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotga boʻlgan qiziqishi va turmush sifatini oshirishga xizmat qilishi bilan birga, mahallalarda mehr-oqibat, oʻzaro hurmat hamda hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashda muhim omil boʻlmoqda.

Mamlakatimiz boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayramini koʻtarinki ruhda nishonlashga tayyorgarlik koʻrish hamda bayram tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosi doirasidagi bu kabi ezgu ishlar tasdiqlangan reja asosida barcha hududlarda izchil davom ettirilmoqda. Hech bir inson mehr eʼtibordan chetda qolmaydigan yurtimizda haqiqiy bayram shukuhi har bir xonadonga, har bir yurtdoshimiz qalbiga kirib bormoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019