16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 14:57
Jamiyat 👁 451

DOʻSTLIK MAHALLASIDA HUQUQShUNOSLAR IShTIROKIDA TADBIR OʻTKAZILDI

DOʻSTLIK MAHALLASIDA HUQUQShUNOSLAR IShTIROKIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Davlat va jamiyat taraqqiyotining ildiziga bolta uruvchi eng yoqimsiz, xavfli illat — korruptsiyadir. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish har bir vijdonli kishining zimmasidagi masʼuliyatli vazifaga, umummilliy harakatga aylangan. Shu bois, mamlakatimizda har bir davlat idorasi korruptsiyaga qarshi kurashishda masʼul etib belgilanib, keng aholi qatlamlari orasida seminar-treninglar, targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkillashtirilmoqda.

Bu borada "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyatining Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Biz korruptsiyaga qarshimiz!" grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari ham oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Navbatdagi shu kabi targʻibot uchrashuvi 9-oktyabr kuni Mangʻit shahridagi Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida oʻtkazildi.

Tadbirda Amudaryo tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish bosh yuriskonsultlari Abror Tojiboyev, Mansur Matyusupov, Doʻstlik mahallasi masʼullari, mahalla faollari va loyiha koordinatorlari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini raisi Alisher Saburov korruptsiya illatiga qarshi kurash borasida mahallada amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot ishlarining samaradorligi haqida soʻz yuritib, bunda aholi ongida korruptsiyaga qarshi murosasizlik kayfiyatini uygʻotishning ahamiyati muhimligini taʼkidladi.

Shundan soʻng loyiha koordinatori Robiya Yoʻldosheva mazkur loyihani amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad va kutilayotgan ijobiy natijalar yuzasidan maʼlumotlar berib, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish birinchi navbatda tinch va osoyishta, adolatli va farovon hayot kafolati, shu bilan birga shaxsning kamoloti, Vatan va oilalarning barqaror rivojlanishidagi ahamiyatini alohida eʼtirof etdi.

Tadbir davomida Amudaryo tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Abror Tojiboyev korruptsion holatlarning oldini olish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida soʻz yuritib, poraxoʻrlik, davlat idoralari rahbarlarining manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyishlari, firibgarlik, yolgʻon maʼlumotlar, aldov yoʻli bilan davlatning va fuqarolarning mablagʻlari hamda mol-mulklarini oʻzlashtirib olish bilan bogʻliq jinoyatlarga jazo muqarrarligini taʼkidladi. Shuningdek, jamiyatda ishonch va adolat tamoyillarini qaror toptirishda aholining huquqiy savodxonligini oshirish zarurligini bildirdi.

Shuningdek, tuman Adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti Mansur Matyusupov soʻnggi paytlarda fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan turli mazmundagi reklama va eʼlonlar taʼsiriga tushib, aldanib qolishayotganlari, xakerlik hujumlari tufayli bank plastik kartalaridan koʻp miqdorda pul yechib olinishi oqibatida “chuv” tushib qolayotganlari haqida hayotiy misollar keltirib, aholini ogoh boʻlishga daʼvat etdi.

Qizgʻin bahs-munozaralar, savol-javoblar asosida oʻtgan tadbirda loyiha koordinatorlari tomonidan korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha qonunchilikdan koʻchirmalar, bukletlar tarqatilib, mahalla maʼmuriy binosining koʻrinarli joyiga "Korruptsiyaga yoʻq deng!" mavzusidagi chaqiriqlar joylashtirildi.

Malakali huquqshunoslar va mahalla faollari ishtirokida oʻtkazilgan ochiq va oshkora muloqot tarzidagi uchrashuv tadbiri jamiyatda korruptsiyaga qarshi huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026