16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Fan va taʼlim 👁 273

Nukusda “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

Nukusda “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

 

Mamlakatimizda yoshlar bandligini taʼminlash va ularning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish eng ustuvor vazifalaridan biridir. Aynan shu maqsadda Qoraqalpogʻiston Respublikasida bitiruvchilarning kasbiy yoʻnalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “TalabaExpo – 2025” kasblar koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Ochilish marosimida taʼkidlanganidek, mamlakat kelajagi boʻlgan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini eshitish va bartaraf etish, hayotda oʻzining munosib oʻrnini topishi uchun har tomonlama koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash davlat va hukumatning bosh maqsadidir. Prezidentimizning yuksak ishonchi, alohida eʼtibori va gʻamxoʻrligi natijasida yoshlarimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Oʻtgan yillarga nazar tashlaydigan boʻlsak, yoshlar hayotida ulkan tarixiy oʻzgarishlar va yangilanishlar yuz berayotganini koʻplab misollarda koʻrishimiz mumkin.

Xususan, yurtimiz yoshlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joriy yilning oʻzida 2 ta farmon va 3 ta qarorning qabul qilingani, tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha koʻplab imtiyozlar berilgani, oliy oʻquv yurtlarida qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun qoʻshimcha kvotalar ajratilgani ularga boʻlgan gʻamxoʻrlikning amaliy ifodasi hisoblanadi.

Shu yilning 14-fevral kuni yoshlar masalasida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ishsiz yoshlarning, ayniqsa oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash, ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, sifatli taʼlim berish, kasb-hunarga oʻqitish kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Ushbu tadbir ham ana shu topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kungi “Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida yoshlar bandligini taʼminlashda Milliy bank asosiy masʼul bank etib belgilandi. Ushbu bank tomonidan bitiruvchi yoshlarning bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi “Kelajakka birinchi qadam”, “Kelajak uchun start”, “Yorqin kelajak sari” kabi dasturlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda bank bilan hududdagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika institutida “Kelajakka qadam” markazining maslahat markazi tashkil etildi. Shu kunga qadar “Milliy bank” aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan 364 nafar bitiruvchi talabaga 8 milliard soʻmdan ortiq miqdorda kredit mablagʻi ajratildi.

Koʻrgazmada respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalari qatori Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Institutning rahbariyati, professor-oʻqituvchilari va koʻplab bitiruvchi talabalari ushbu muhim tadbirda faollik koʻrsatdilar. Bu institutning nafaqat yuqori sifatli taʼlim berishga, balki oʻz bitiruvchilarini ishga joylashtirish va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga ham katta eʼtibor qaratayotganidan dalolat beradi.

Koʻrgazma davomida institut vakillari agrar sohadagi zamonaviy ish oʻrinlari va qishloq xoʻjaligidagi klaster korxonalari taklif etayotgan vakansiyalar haqida bitiruvchilarga maʼlumot berdilar. Shuningdek, ular talabalar va fermerlar, agroklasterlar va tijorat banklari vakillari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatishga koʻmaklashdilar.

Bitiruvchilarning ishga joylashishiga koʻmaklashish, ularning kasbiy yoʻlini belgilash hamda biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oʻtkazilgan “TalabaExpo – 2025” koʻrgazmasida 80 ga yaqin korxona va tashkilot oʻzlarida mavjud 700 dan ziyod boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi. Tadbirga 10 ming nafarga yaqin bitiruvchi yosh tashrif buyurdi.

Koʻrgazma davomida talabalar korxonalar faoliyati bilan tanishdilar, “Kelajakka qadam” markazi tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi. Eng muhimi, 3,5 ming nafar yaqin bitiruvchining ish beruvchilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri suhbati tashkil etildi. Buning natijasida 755 nafar bitiruvchining ish oʻrni aniqlandi. Qolaversa, 33 nafar bitiruvchi talabaning biznes loyihasi taqdim etilib, tadbirkorlikka yoʻnaltirildi.

Tadbir yakunida istiqbolli biznes loyihalarining gʻoliblariga imtiyozli kreditlar uchun sertifikatlar topshirildi. Bu kabi amaliy chora-tadbirlar yoshlarning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash va jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim vosita boʻlishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019