16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:55
Jamiyat 👁 417

Ijtimoiy himoya — insonparvarlik, mehr-muruvvat, tenglik va adolat masalasidir

Ijtimoiy himoya — insonparvarlik, mehr-muruvvat, tenglik va adolat masalasidir

Ijtimoiy himoya ayrim odamlar nazarida nogironligi boʻlgan shaxslar, kam taʼminlangan oilalar, keksa yoshdagi odamlarning hayoti bilan bogʻliqdek koʻrinadi. Aslida esa ijtimoiy himoya taʼlim, sogʻliqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy hayotning turli jabhalariga kirib bormoqda.

Xususan, nogironligi boʻlgan bolalar inklyuziv taʼlimga jalb qilinib, sogʻliqni saqlashda nogironligi boʻlgan, muhtoj shaxslarga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini navbat kutmasdan vaucher asosida, 20 foiz ragʻbatlantirish sifatida taqdim etish, yakka-yolgʻiz yashovchi, shuningdek, oʻzgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarga kompleks individual xizmatlar koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada Mangʻit shahrining Chordara mahalla fuqarolar yigʻinida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ularga ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatish ishlari namunali yoʻlga qoʻyilgan.

Ayni paytda mahalla hududidagi 666 ta xonadon tarkibida 1012 ta oila mavjud boʻlib, bu oilalarda 3650 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahalla xonadonlari obod, har bir oila tinch-totuv yashashini taʼminlash maqsadida, aholi hayoti va turmush sharoitlari “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi Amudaryo tuman boʻlimining mahallada faoliyat olib boruvchi ijtimoiy xodimi tomonidan Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda individual yondashuv asosida oʻrganilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar roʻyxati shakllantirildi.

Oʻrganishlar natijasida 148 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar, 73 nafar kam taʼminlangan oilalar mavjudligi aniqlanib, alohida tizimga olindi.

Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtoj 17 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar vaucher asosida protez moslamalari bilan taʼminlandi. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlashish boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida ulardan 13 nafariga qarovchi ijtimoiy xizmat assistenti biriktirildi. Kambagʻallik reyestriga kiritilgan muhtoj oilalarga homiylar biriktirilib, oilalar har tomonlama qoʻllab-quvvatlandi.

Mamlakatimiz ijtimoiy siyosatida ustuvorlik kasb etgan “Inson qadri uchun!” tamoyili bugungi kunda xalqimiz hayotida oʻz ifodasini topmoqda. “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi tashabbuslar aholining turli qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bu boradagi ishlarni yuksak sifat darajasiga koʻtardi. Ayniqsa, 2021-yildan boshlab ijtimoiy xizmatlar yagona reyestri joriy etilgani aholining ijtimoiy holatini chuqur tahlil qilish va aniq yordam koʻrsatish imkonini bermoqda.

Chordara mahallasi hududida istiqomat qiluvchi 148 nafar nogironligi bor boʻlgan fuqarolar hamda 73 ta kam taʼminlangan oilalarni nafaqat ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, balki turli bayram sanalari munosabati bilan ularni yoʻqlab borish, bayramona sovgʻalar ulashish orqali maʼnaviy ragʻbatlantirib, xush kayfiyat bagʻishlashga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Chunki ijtimoiy himoya faqat davlat tomonidan beriladigan nafaqa yoki moddiy yordam koʻrsatishdangina iborat emas. Agar har bir yurtdosh, har bir rahbar, qoʻni-qoʻshni atrofidagi ehtiyojmand insonlarga mehr-oqibat, muruvvatli boʻlsalar — bu har qanday moddiyatdan koʻra kuchliroq taʼsirga ega boʻladi.

Jamiyatda ijtimoiy adolat, teng imkoniyatlar, mehr va eʼtibor muhitini yaratish har birimizning zimmamizdagi fuqarolik burchimizdir. Zero, ijtimoiy himoya — bu faqat tizim emas, balki yurak amri bilan qilinadigan haqiqiy insonparvarlik, mehr-muruvvat, tenglik va adolat masalasidir.

Gulbahor XIDIROVA, Chordara MFY kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatish xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019