16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:28
Jamiyat 👁 414

Korruptsiyaga qarshi kurashish: nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy xabardorligi oshirilmoqda

Korruptsiyaga qarshi kurashish: nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy xabardorligi oshirilmoqda

Korruptsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlarining ham faolligi ortib bormoqda. Oʻzbekiston Hakamlik Sudlari Assotsiatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan “Korruptsiyaga qarshi kurashish yoʻlida” nomli loyiha amalga oshirilayotgan boʻlib, mazkur loyiha Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi tomonidan moliyalashtirilgan. Loyihaning asosiy maqsadi — nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy bilim darajasini oshirish va ularni korruptsiya holatlaridan himoya qilishdan iborat.

29-oktyabr kuni loyiha doirasida Amudaryo tumanidagi 6-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi zalida tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbirda nogironligi boʻlgan shaxslarga “Korruptsiya nima va uning oqibatlari qanday” degan savol doirasida keng koʻlamli huquqiy maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, korruptsion holatlarga duch kelganda toʻgʻri harakat qilish, raqamli texnologiyalarni korruptsiyaga qarshi kurashishda qoʻllash va korruptsiyaning oldini olish boʻyicha aniq amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbirda Amudaryo tumani hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman boʻlimi, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda 35 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar ishtirok etdi. Bu tadbir hududda yashovchi nogironligi boʻlgan fuqarolarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

Aytish joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasida bugungi kunda 68 ming nafarga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslar istiqomat qiladi. Shundan 12 mingdan ortigʻi Nukus shahrida yashaydi. Ushbu toifadagi fuqarolarning katta qismi turli ijtimoiy, tibbiy va huquqiy yordamlarga muhtoj.

Muammoning mohiyati shundaki, nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻz huquq va imtiyozlari, davlat tomonidan taqdim etiladigan yordamlar haqida yetarli maʼlumotga ega emasligi ularni huquqbuzarlik, ayniqsa, korruptsiya holatlariga nisbatan zaif qilib qoʻymoqda.

Ayniqsa, tibbiyot, pensiya taʼminoti, uy-joy ajratish va ishga joylashtirish kabi sohalardagi ayrim masʼul shaxslar nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy bilimsizligidan foydalanib, ulardan noqonuniy pul talab qilish yoki hujjatlarni sunʼiy ravishda kechiktirish kabi korruptsion holatlar kuzatilmoqda.

Loyihaning bosh maqsadi Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqiy xabardorligini oshirish, ularning davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va xizmatlardan toʻliq foydalanishini taʼminlash hamda huquqbuzarlik va korruptsiya holatlarini keskin kamaytirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida maqsadga erishish uchun kompleks yondashuv asosida bir qator amaliy mexanizmlar joriy etiladi. Jumladan, koʻrish, eshitish va jismoniy imkoniyati cheklangan 300 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar orasida maqsadli guruhlar tuzilib, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilgan huquqiy materiallar ishlab chiqiladi va tarqatiladi. Maqsadli guruhlar uchun korruptsiyaga qarshi targʻibot tadbirlari tashkil etiladi.

Bu kabi tadbirlarning ahamiyati shundaki, nogironligi boʻlgan shaxslar oʻzlariga tegishli boʻlgan imtiyozlar va huquqlar haqida aniq, tizimli bilimlarga ega boʻladi. Qolaversa, korruptsiya haqida umumiy bilimlari oshib, ularda ushbu illatning oldini olish va bunday holatlar haqida xabar berish koʻnikmalari shakllanadi.

Ushbu grant loyihasi Oʻzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokiga yaqqol dilildir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019