17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 11:47
Qishloq xoʻjaligi 👁 298

Kuzgi shudgorlash — kelgusi moʻl hosilning poydevori

Kuzgi shudgorlash — kelgusi moʻl hosilning poydevori

Amudaryo tumanining Oq oltin ovulida joylashgan “Yakubova Gavhar” fermer xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi sohasi uchun muhim sanalgan kuzgi shudgorlash boʻyicha koʻrgazmali amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov, Joʻqorgʻi Kengesining Agrar, suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qoʻmitasi raisi Anvar Jumanazarov, Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev, janubiy tumanlar hokimlari, respublika miqyosidagi mutasaddilar, ilgʻor fermerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Seminarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov ochib berar ekan, joriy yilgi paxta hosilini ortigʻi bilan bajarishda jonbozlik koʻrsatgan barcha mehnatkash dehqon va fermerlarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. U oʻz nutqida yer — bu bebaho neʼmat ekanligini, uni oʻz vaqtida shudgorlab, ekib, toʻgʻri parvarish qilinsa, hosildorlik yuqori boʻlishini alohida taʼkidladi. Farhod Ermonov kuzgi shudgorlash jarayonlarini sifatli tashkil etish, yerlarni bahorgi ekinlarga tayyorlash, suv va texnik resurslardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha bir qator vazifalarni belgilab berdi.

Tadbir davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Shuhrat Teshayev soʻzga chiqib, kuzgi shudgorlash ishlarini agrotexnik talablarga qatʼiy rioya qilgan holda bajarish va oʻz vaqtida yakunlashning ahamiyatiga toʻxtaldi. Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, yerga ishlov berish sifati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish hamda hosildorlikni oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritdi.

Seminar doirasida janubiy tumanlar hokimlari ham oʻz tajriba va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Amaliy qismda esa zamonaviy texnikalar yordamida yer haydash jarayoni namoyish etildi. Fermerlar bu orqali yangi usullar, energiya tejamkor texnologiyalar va zamonaviy mexanizatsiya vositalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻldilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi rivoji yoʻlida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida soʻz yuritdilar. Bugungi kunda fermer xoʻjaliklarining texnikalar bilan taʼminlanish holati yuqori darajaga koʻtarilgan, zamonaviy texnikalar asosida ish unumdorligi va mehnat samaradorligi ortib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida hosildorlikni oshirish, resurslarni tejash va har bir gektardan olinayotgan foydani koʻpaytirishga xizmat qilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, kuzgi shudgorlash — bu kelgusi yil hosilining asosi sanaladi. Yerga chuqur ishlov berish, oʻsimliklar qoldiqlaridan tozalash, namni saqlash hamda tuproqning unumdor qatlamini yangilash orqali bahorgi ekinlar uchun qulay sharoit yaratiladi. Aynan shudgorlash sifati keyingi mavsumda hosildorlikning 20–30 foiziga taʼsir koʻrsatadi.

Mazkur amaliy seminar nafaqat tajriba almashish, balki fermer va dehqonlarimizni yangi yutuqlarga ruhlantiruvchi muhim maydonga aylandi. Amudaryolik fermerlar esa har doimgidek mehnatsevarlik, sadoqat va fidoyilik bilan yurtimiz agrar salohiyatini yuksaltirish yoʻlida jonbozlik koʻrsatmoqdalar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019