16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:36
Jamiyat 👁 517

OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI HARAKATINING 120 YILLIGI KENG NIShONLANDI

OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI HARAKATINING 120 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va 11-noyabr — “Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan 2025-yil 11-noyabr kuni Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimining majlislar zalida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

“Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari 120-yil xalq bilan” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman boʻlinmasi Kengashi raisi Ulugʻbek Abdurahmanov, Agrosanoat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi J. Qurboniyazov, Davlat va jamoat muassasalari xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi D. Rajabov hamda tumandagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari ishtirok qildilar.

Tadbirda Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman boʻlinmasi Kengashi raisi Ulugʻbek Abdurahmanov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalarining buyuk va xalqparvar siyosati hamda uning tarixi, jamiyat hayotida tutgan oʻrni, ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi masʼuliyati va inson qadri ustuvor boʻlgan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida ushbu tizimning ahamiyati haqida batafsil maʼruza qildi.

Bayram tadbirida soʻzga chiqqan Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov va boshqalar mamlakatimizda kasaba uyushmalarining 120 yillik tarixi davomida davlat va jamoat tashkilotlarida erishilgan yutuqlar, mazkur yutuqlar uchun keng yoʻl ochgan kasaba uyushmalarining beqiyos xalqparvar siyosati, xodimlarning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdagi gʻamxoʻrliklari xususida atroflicha toʻxtalib oʻtdilar.

Shuningdek, soʻzga chiqqanlar kasaba uyushmalarining ishchi-xizmatchilarni el-yurt farovonligi, mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida birlashtirib, har bir mehnat jamoasida hamjihatlik, oʻzaro mehr-oqibat tuygʻulari ustuvorligini taʼminlashdagi ahamiyatini alohida taʼkidladilar hamda barcha kasaba uyushma tashkilotlari aʼzolarini, mehnat jamoalarini 11-noyabr — Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni bayrami bilan samimiy tabrikladilar.

Haqiqatan ham, kasaba uyushmalari har bir ishchi xodimning eng ishonchli gʻamxoʻri, huquq va erkinliklarining himoyachisi, mamlakatimizning millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik, doʻstlik hamda tinchlik siyosatining yalovbardori sifatidagi missiyasini sharaf bilan ado etib kelmoqda. Ayniqsa, xalqimiz uchun eng ogʻir kechgan XX asr talotoʻplari, qatagʻon yillari sinovlari, Ikkinchi jahon urushi va turgʻunlik yillaridagi mislsiz qiyinchiliklarni yengib oʻtishda kasaba uyushmalari jafokash xalqimiz uchun togʻday suyanch boʻldi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan kasaba uyushma faollari toʻlqinlanib soʻz yuritdilar.

Bayram tadbiri davomida kasaba uyushma faollari va oʻzlarining fidoyi mehnatlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan turli sohalar xodimlaridan bir guruhiga esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalar topshirildi. Tadbirda Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi va bayramona kontsert dasturi barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026