16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:45
Siyosat 👁 796

Sayyor qabullar – xalq va davlat oʻrtasidagi muloqotning eng samarali koʻprigi

Sayyor qabullar – xalq va davlat oʻrtasidagi muloqotning eng samarali koʻprigi

Amudaryo tumani Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻini binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rasul Zarekeyev ishtirokida navbatdagi sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosarlari, idora va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Sayyor qabul jarayonida aholining dolzarb masalalari eshitilib, ularning yechimlari boʻyicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Aholi vakillaridan uy-joyini shiferlash, oqar suv yetkazib berish, elektr transformatorini almashtirish, tibbiy yordam bilan taʼminlash kabi masalalarda murojaatlar qabul qilindi. Har bir murojaatchining masalasi individual tartibda oʻrganilib, ijobiy hal qilish boʻyicha masʼullarga aniq muddat belgilangan vazifalar yuklandi.

Xususan, ovulda yashovchi Matyakub Qoʻchqarov elektr transformator eskirganligi sababli uni yangisiga almashtirishda amaliy yordam berish haqida, Ikrom Atajanov davolanishi uchun moddiy yordam ajratib berish masalasida, Shukurulla Tajiyev kelinini davolatishi uchun moddiy yordam ajratib berish boʻyicha, Oʻrolbay Rahimov koʻchalarga qoʻshimcha elektr simlari tortish hamda “Hamroz-2” koʻchasi yoʻllarni chiqarib berish masalasida amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Davlatboy Abdullayev esa tomorqa yerlarini sugʻorish uchun oqar suv yetkazib berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi. Murojaatlarning barchasi tegishli tartibda oʻrganilib, ularga ijobiy yechim topish maqsadida tegishli mutasaddilarga yoʻnaltirildi.

Bugun sayyor qabullar oddiy uchrashuv emas, balki davlatning xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilishining eng samarali mexanizmlaridan biriga aylangan. Aholi oʻz dardini, muammosini mahallaning oʻzida, rahbarlarga bevosita yetkazish imkoniga ega. Bu esa masalalarni joyida hal etish, turli byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish, fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Rasul Zarekeyevning Bobur ovulidagi sayyor qabuli ham aynan shu maqsad – xalqning murojaatini eshitish, hayotiy muammolariga yechim topish va joylarda aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi. Qabul davomida koʻtarilgan har bir masala boʻyicha masʼullar zimmasiga aniq topshiriqlar berilgani esa sayyor qabullarning amaliy ishlar maydoni ekanidan dalolat beradi.

Amudaryo tumanida oʻtkazilayotgan har bir sayyor qabul mahallalardagi hayot sifatini yaxshilash, aholi muammolarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish va davlat xizmatlarining aholiga yanada yaqin boʻlishini taʼminlash yoʻlida muhim vositaga aylanmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026