16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:27
Jamiyat 👁 484

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TARGʻIBOT MATERIALLARI TARQATILDI

GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TARGʻIBOT MATERIALLARI TARQATILDI

Korruptsiya oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi, bu illat qaysi sohada ildiz otishidan qatʼiy nazar, albatta inson omili ishtirokida sodir boʻladi. Xususan, iqtisodiy faoliyatga oʻrnatilgan turli xildagi cheklovlar, ayniqsa, amaldorlarning keng, fuqarolik nazoratidan xoli, qoʻl ostidagi xodimlariga nisbatan cheklanmagan ruxsat berish yoki taqiqlash vakolatlari poraxoʻrlikka zamin yaratadi. Shu bilan birga yirik mablagʻlarga ega boʻlgan ishbilarmonlar daromadlarini yanada koʻpaytirish maqsadida hamda raqobat maydonida alohida imtiyozlarga ega boʻlish uchun katta miqdordagi pora evaziga amaldorlarni oʻz ixtiyorlariga boʻysundirib olishga intilishlari oqibatida davlat va jamiyat uchun jiddiy zarar keltiruvchi iqtisodiy jinoyatlarni — uyushgan korruptsiyaviy holatlar sodir boʻladi.

Bunday salbiy holatlarning oldini olishda va korruptsiyaga qarshi kurashishda eng faol targʻibotchi sifatida jahon miqyosida, shu jumladan mamlakatimizda ham ommaviy axborot vositalarining roli oshib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari vakillari doimiy ravishda xalq orasiga kirib borib, fuqarolar ongida korruptsiya illatiga qarshi murosasizlik tuygʻusini uygʻotish bilan birga jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyatni faollik bilan yoritib bormoqda.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi tomonidan moliyalashtirilgan "Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid" nomli grant loyihasi doirasida aholi keng qatlamlari ishtirokida amalga oshirilayotgan uchrashuv va davra suhbatlari, ochiq va oshkora muloqot tarzidagi malakali huquqshunoslarni jalb qilgan holda tashkillashtirilayotgan savol-javob tadbirlari korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi aholining huquqiy madaniyatini hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish imkonini bermoqda.

Loyiha koordinatorlari tomonidan navbatdagi korruptsiyaga qarshi kurash boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbiri Amudaryo tumanining Doʻstlik mahallasi hududida oʻtkazildi. Loyiha ish rejasiga asosan mahalla hududida joylashgan tuman Ichki ishlar boʻlimi, Soliq inspektsiyasi, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib boruvchi davlat xizmatchilari hamda davlat xizmatlaridan foydalanuvchi fuqarolarga korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tarqatma vositalar, bukletlar va plakatlar tarqatish orqali aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga hissa qoʻshildi.

Tadbir jarayonida davlat xizmatchilari va davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar "Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid" nomli grant loyihasi koordinatorlari tomonidan taqdim etilgan targʻibot-tashviqot vositalari bilan tanishib, korruptsiya illatiga qarshi kurash boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar. Shu bilan birga, mamlakatimizning korruptsiyadan xoli, yuksak taraqqiy etgan davlat sifatida dunyo miqyosida yuqori nufuzga ega boʻlishi uchun korruptsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik nazorati va hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari muhim ahamiyatga egaligini taʼkidladilar.

Tahririyat tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar haqiqatan ham aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirib, korruptsiyaning oldini olishga, jamiyatda hamjihatlik va uyushqoqlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026