16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:22
Siyosat 👁 984

Davlat ramzlariga ehtirom — muqaddas qadriyat

Davlat ramzlariga ehtirom — muqaddas qadriyat

Amudaryo tumanida 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir tuman Madaniyat boʻlimida boʻlib oʻtdi va unda davlat ramzlariga boʻlgan chuqur hurmat, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari bosh mavzuga aylandi.

Tadbir avvalida Amudaryo tumani prokurori Bahram Masharipov, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni mamlakatimiz suvereniteti va davlat ramzlari sharafini ulugʻlaydigan ushbu sana bilan samimiy muborakbod etishdi.

“Davlat bayrogʻi — xalqning shaʼni, davlatning obroʻsi” – deya taʼkidladi tuman prokurori Bahram Masharipov oʻz nutqida. Shuningdek, u davlat ramzlarining nafaqat huquqiy, balki maʼnaviy hayotimizdagi oʻrniga alohida toʻxtalib oʻtdi. U davlat bayrogʻi mamlakat mustaqilligining eng muhim belgilardan biri ekani, bayrogʻimiz tasdiqlangan 1991-yil 18-noyabrda sanasi tarixiy ahamiyatga ega kun ekanini alohida taʼkidladi.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston bayrogʻi bugun jahon arenalarida faxr bilan hilpiramoqda, xalqaro sport musobaqalarida sportchilarimiz yutuqlari sharofati bilan bayrogʻimiz baland koʻtarilmoqda. Bayrogʻimizning nufuzli marosimlar, sammit va xalqaro uchrashuvlarda hilpirashi xalqimizning shaʼni va obroʻsini dunyoga koʻrsatmoqda. Davlat ramzlariga hurmat — bu, avvalo, Vatanga sadoqat, milliy gʻurur va fuqarolik masʼuliyatining yorqin ifodasidir.

Tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov oʻz nutqida davlat bayrogʻining xalqimiz uchun ulkan gʻurur va faxr timsoli ekanini qayd etdi. U davlat bayrogʻi qabul qilinganiga 34-yil toʻlgani munosabati bilan barcha hamyurtlarimizni samimiy tabrikladi.

Hokim oʻrinbosari oʻz nutqida bayroqdagi ranglar va ramzlarning maʼnosi — tinchlik, poklik, umid, jasorat va umumbashariy qadriyatlarni ifoda etishi haqida ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Bayrogʻimizni eʼzozlash, uni hurmat qilish va yosh avlodga shu qadriyatni singdirish barchamizning muqaddas burchimiz ekani alohida taʼkidlandi.

Tadbir tuman Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan bayramona kontsert dasturi bilan davom etdi. Xonandalar tomonidan Vatan muhabbati, doʻstlik, tinchlik va birlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etilib, yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.

18-noyabr — Davlat bayrogʻi qabul qilingan sana nafaqat tarixiy kun, balki avlod-avlodga oʻtadigan milliy qadriyat, suverenitetimiz ramzi, mustaqilligimizning yorqin ifodasidir. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan bayram tadbiri ham bu kunning naqadar ulugʻ va ahamiyatli ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, davlat ramzlariga hurmat tuygʻusini yanada mustahkamlashi shubhasiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026