16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:44
Jamiyat 👁 449

TOShYoPLIKLAR IShONChINI QOZONGAN IJTIMOIY XODIM

TOShYoPLIKLAR IShONChINI QOZONGAN IJTIMOIY XODIM

Amudaryo tumanidagi Toshyop ovul fuqarolar yigʻinida kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim Mavluda Qalandarova oʻz faoliyatini boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, u oʻz xizmat vazifasini bajarish jarayonida samimiyligi, har bir ishga masʼuliyat bilan yondashishi, qishloq aholisi hayotiga doir muammolarni hal etishdagi fidoyiligi tufayli qisqa vaqt ichida toshyopliklarning hurmat va eʼtiborini qozonib ulgurdi.

Chunki u ilk ish kunidanoq Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida belgilangan 104 xildagi ijtimoiy xizmat turlari boʻyicha aholining arizalarini qabul qilib, har bir murojaat boʻyicha "Mahalla yettiligi" aʼzolari bilan oʻzaro hamkorlikda oʻrganishlar olib bordi. Keys-menejment asosidagi oʻrganishlar natijasida qishloq fuqarolariga 34 xildagi ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoj borligi aniqlandi va 2025-yil boshidan ayni kungacha aholidan 588 ta ariza qabul qilib olindi.

Mavluda Qalandarova arizalar bilan ishlashda ularning maʼno-mazmunidan kelib chiqib, individual yondashuv asosida muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrdi. U birinchi galda yosh bolalar bilan bogʻliq masalalarga eʼtibor qaratdi.

Tibbiyot sohasi mutaxassislari ishtirokida tibbiy tekshiruvlar oʻtkazilib, 5 nafar taʼlimga tortilmagan bolalardan 1 nafari kunduzgi parvarishlashga, 2 nafar bola "Imkon" oʻquv markaziga, 2 nafar bola esa 10-sonli "Nurli makon" oʻquv markaziga taʼlimga qamrab olindi.

Yil boshidan beri 8 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolar oʻzlariga yarasha ish bilan taʼminlandi. Yana 8 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar adaptiv sport guruhlariga yoʻnaltirildi va 6 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasining xulosalari asosida parasportga jalb etildi. Kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 16 nafar fuqaroga kuzgi-qishgi mavsum uchun kiyim-kechaklar berildi.

Mavluda Qalandarovaning faoliyatida bu kabi xayrli ishlar talaygina. U vasiylik va homiylikka olingan bolalar boʻyicha monitoring yuritish, yakka-yolgʻiz yashovchi fuqarolarning ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, ularning hayotga joʻshqin nazar bilan qarashlari uchun turli koʻngilochar madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish, nogironligi bor shaxslarning salomatliklarini mustahkamlash maqsadida ularni tibbiy reabilitatsiya bilan qamrab olish, kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish kabi muammolarga yechim topish maqsadida uyma-uy kirib boraveradi.

Natijada yil boshidan beri 4 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan fuqarolarga qarab turish uchun assistentlar biriktirildi. 8 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolarga statsionar sharoitda davolanishlari uchun koʻmaklashildi. 15 nafar tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayol-qizlarga zarur psixologik va huquqiy yordamlar koʻrsatildi. 171 nafar fuqaroga esa kommunal toʻlovlari uchun bir martalik moddiy yordam ajratilib, ularning bu boradagi muammolari ijobiy hal etildi.

Kambagʻallik reyestriga kiritilgan Toʻlgʻonoy Otajonova, Sohiba Oʻrozimbetovalarga issiq kiyim-kechaklar olishlari uchun "Saxovat va koʻmak" jamgʻarmasi hisobidan vaucherlar taqdim etildi. Shuningdek, Fotima Gulmonovaning murojaati oʻrganilib, uning 1-guruh nogironi boʻlgan umr yoʻldoshi Hayitboy Jumaniyozovga xonaga moʻljallangan maxsus oʻrindiqli nogironlik aravachasi bilan bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi.

Mavluda Qalandarovaning fidoyiligi toshyoplik ehtiyojmand oilalar hayotida oʻz aksini topmoqda. Muhimi, u qishloq aholisiga kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatish orqali ularning ishonchini qozonmoqda. Xalq ishonchiga munosib mehnat qilish esa nafaqat elparvarlik, balki vatanparvarlikdir.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026