16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:20
Jamiyat 👁 405

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan kouching-seminari oʻtkazildi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan kouching-seminari oʻtkazildi

Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini binosida Qilichboy hududidagi faollar ishtirokida “Inson – insonga yordamchi” mavzusida kouching-seminari tashkil etildi. Unda Qilichboy hududidagi barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari massʼullari, aholi vakillari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yetakchi mutaxassislari, ovul va mahallalarda faoliyat olib boruvchi kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar ishtirok etdilar.

Ushbu kouching-seminarini oʻtkazishdan maqsad – ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng jamoatchilikka maʼlumot berish, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish hamda muammolarni birgalikda hal etishdan iboratdir.

Maʼlumki, soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilishni yanada kuchaytirish, ijtimoiy xizmat turlarini koʻpaytirish va sifatini oshirish boʻyicha yangi tizim yaratildi. Bu yangi tizim oʻz navbatida mahallalardagi “Yettilik”ning aholi muammolarini oʻrganish va fuqarolarga kompleks xizmatlar hamda yordamlar koʻrsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.

Mahallalarda har bir yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini aniqlash hamda ularning muammolarini samarali hal etish boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan amaliy ishlar yoʻlga qoʻyildi. 2024-yil aprel oyidan eʼtiboran mahallalarda ijtimoiy xodim lavozimi taʼsis etildi. Ushbu xodimlar tomonidan mahallalardagi 12 toifa aholi qatlamlariga 104 turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda.

Kouching dasturi davomida Amudaryo tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan faollarga tegishli tushuntirishlar berildi. Jumladan, aholiga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shuningdek, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan koʻrsatiladigan yordamlar haqida markazning mahallada ijtimoiy xizmat tashkil etish shoʻbasi mudiri Baxriddin Toʻrabayev batafsil tushuncha va maʼlumotlar berdi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha markazning ijtimoiy toʻlovlar shoʻbasi mudiri Sirojiddin Jumaboyev tadbir ishtirokchilariga zarur tushunchalar taqdim etdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya vositalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi Qarori va nogironlikni belgilash tizimining raqamlashtirilishi boʻyicha markazning nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash shoʻʼbasi mudiri Murodjon Boltayevning maʼruzasi tinglandi.

Bundan tashqari, qizgʻin savol-javoblar bilan davom etgan tadbirda “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi masala yuzasidan markazning Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʻʼbasi mudiri Jahongir Xolmurodov ham ishtirokchilarga keng tushunchalar berib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan qimmatli maʼlumotlar ham taqdim etdi.

Kouching tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori va undan kelib chiqadigan vazifalar mazmun-mohiyati xususida markazning katta yoshdagilar va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash shoʻʼbasi mudiri Joʻrabek Shermetov, Markaz psixologi Yulduz Sultanova hamda markazning huquqiy masalalar boʻyicha ekspert maslahatchisi Ergashali Bobojonovlar soʻzga chiqib, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar hamda psixolog va huquqiy masalalar boʻyicha maslahat va yordamga muhtoj fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.

Kouching-seminari soʻngida faollar tomonidan berilgan savollarga markaz xodimlari tomonidan toʻliq javoblar berildi va mazkur tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilarga Markaz tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mazkur Kouching-seminari ijtimoiy himoya boʻyicha Qilichboy hududidagi ovul va mahallalar aholisining huquqiy savodxonligini, shu bilan birga ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha xabardorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019