16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:35
Jamiyat 👁 446

Korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi

Korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mart kungi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining majlisida soʻzlagan nutqida belgilangan vazifalar, gʻoyalar va tashabbuslar mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish vaqtinchalik emas, balki uzluksiz, izchil va maqsadli harakatga aylanganini koʻrsatmoqda.

Shu yoʻnalishdashi ishlarning davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yigʻilishining 2025-yil 14-noyabrdagi bayonnomasida fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimotini oʻtkazish rejalashtirilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan yigʻilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish kengashi kotibi Alisher Atajanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korruptsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish kengashi aʼzosi Batir Matmuratov, “Yuksalish” harakati Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi boshligʻi Tajibay Romanov, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar korruptsiyaning zarari haqida toʻxtalib, ushbu illat nafaqat davlat byudjetiga va iqtisodiy oʻsishga jiddiy zarar yetkazishini, balki eng avvalo, fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini soʻndirishini taʼkidladilar. Korruptsiya ijtimoiy tengsizlikni chuqurlashtiradi, tadbirkorlikka toʻsqinlik qiladi va jamiyatning maʼnaviy ildizlariga bolta uradi. Shu bois, unga qarshi kurashda faqat jazo choralari emas, balki jamoatchilik nazorati va huquqiy targʻibotning oʻrni beqiyos ekanligi alohida qayd etildi.

Tadbirning asosiy qismida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va mazkur fondning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishidagi davlat granti tanlovlari gʻoliblarining loyihalari taqdimoti oʻtkazildi.

Xususan, "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyatining "Biz korruptsiyaga qarshimiz!" nomli hamda "Amudaryo televideniyesi” tahririyatining "Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid" nomli loyihalari doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan loyiha rahbari, bosh muharrir Gʻulomjon Yeshniyozovning taqdimoti tinglandi.

Taqdimotda taʼkidlanganidek, "Biz korruptsiyaga qarshimiz!" loyihasi doirasida Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilgan. Huquqshunoslar va jamoat faollari ishtirokidagi ushbu uchrashuvlarda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga urgʻu berilgan. Loyiha doirasida oʻquvchilar oʻrtasida "Korruptsiyasiz jamiyat quramiz!" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblar taqdirlangan. Shuningdek, gazeta sahifalarida nuroniylar, yoshlar va deputatlarning chiqishlari tashkil qilinib, aholiga korruptsiyaga qarshi milliy qonunchilikdan koʻchirmalar tarqatilgan.

“Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid" nomli loyiha doirasida esa "Amudaryo TV" telekanali orqali tayyorlangan maxsus koʻrsatuvlar va ijtimoiy roliklar minglab tomoshabinlarga yetib borgan. Loyiha doirasida taʼlim va tibbiyot muassasalari hamda davlat idoralari xodimlarining xizmat xonalariga "Men oilamni pora evaziga boqmayman!", "Sizga xizmat qilish – mening vazifam!" kabi yozuvlar va QR-kodli maxsus lavhalar oʻrnatilgan. Bu tashabbus kelgusida davlat xizmatchilarining masʼuliyatini oshirishga va tamagirlikning oldini olishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, telekanal orqali korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organlarning "Ishonch telefonlari" va "Call-markazlar" haqida muntazam ravishda maʼlumotlar berib borilgan.

Tadbir qatnashchilari mazkur loyihalarning samaradorligini yuqori baholab, kelgusida korruptsiyaga qarshi kurashishda OAV va jamoat tashkilotlari hamkorligini yanada kuchaytirish boʻyicha oʻz fikr va tavsiyalarini bildirdilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026