16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Qishloq xoʻjaligi 👁 250

AMUDARYo TUMANI FERMERLARI KENGAShI RAYoSATI AʼZOLARINING FERMERLARGA MUROJAATI

AMUDARYo TUMANI FERMERLARI KENGAShI RAYoSATI AʼZOLARINING FERMERLARGA MUROJAATI

QISh MAVSUMIDA GʻALLA MAYDONLARIMIZGA ENG DOLZARB AGROTEXNIK TADBIRLARNI OʻZ VAQTIDA QOʻLLAB, 2026-YILDA GʻALLADAN YaNADA MOʻL HOSIL OLAYLIK!

Qadrli yurtdoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar!

Keyingi yillarda yer yuzida roʻy berayotgan iqlim oʻzgarishlari, tabiiy ofatlar va qurgʻoqchilik kabi holatlar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtirayapti.

Mamlakatimizda bu yil kuz fasli hamda dekabr oyining birinchi oʻn kunligi quruq va iliq kelmoqda. Albatta, bu holat fermerlarga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.

Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda soʻnggi yillarda Siz, dehqon fermerlarga davlatimiz rahbari tomonidan koʻplab Farmon va qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erishildi.

Jumladan, agrar tarmoqda ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajadi oshdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sogʻligi va hayotini yaxshilashning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi.

Azaldan xalqimiz nonni eng ulugʻ neʼmat bilib qadrlaydi. Yangi Oʻzbekistonimizning bu yilgi ulkan gʻalla xirmoni omilkor dehqon va fermerlar, suvchilar, agronom va mexanizatorlar, gʻallachilik klasterlari rahbarlari, sohaning fidoiy olimlari tajribali mutaxassislarining zahmatli mehnatlari evaziga yaratildi.

Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli yangilanishlar, gʻallachilikni rivojlantirish borasidagi iqtisodiy tub islohotlarning amaliy natijasidir.

Boshoqli don yetishtirish sohasida bozor tamoyillari joriy etildi.

Fermer xoʻjaliklariga gʻalla yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlaridan erkin foydalanish hamda xizmat koʻrsatuvchi va resurs yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlash huquqining berilishi, shuningdek, donni xarid qilish hamda sotishda birja mexanizmining joriy etilishi yuqori manfaatdorlikni taʼminlamoqda.

Davlat resursi va birja savdolarida sotish uchun gʻalla topshirish manfaat keltirayotganini siz fermerlar his etmoqdamiz.

Shuningdek, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun subsidiya ajratilishi natijasida yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari oʻrnatilgan gʻalla maydonlari yildan-yilga kengayib bormoqda.

Bugungi kunda, hududlarda ekilgan gʻalla maydonlarida tuplagan, 3-4 barg, 1-2 barg fazasida rivojlanayotgan, hatto unib chiqmagan maydonlarni ham uchratish mumkin.

Dehqonlar taʼbiri bilan aytganda, “Yil yilga uxshamaydi”, bugungi kunda gʻalla maydonlarini parvarishlashda oʻzgacha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishni taqoza etmoqda.

Tegishli soha olim va mutaxassislari tomonidan Xitoy, Turkiya, Pokiston, Nepal va Hindiston davlatlarining suv tanqis, (kamyomgʻir boʻlganda) havo harorati iliq keladigan hududlarida gʻalla yetishtirishda qoʻllaniladigan tajribalari oʻrganib chiqildi.

Misol uchun, Xitoyda gʻalla ekilgan maydonlarning yuza qismini chirigan gung bilan yopib chiqish (mulchalash) namni uzok saqlaydi va haroratning keskin uzgarishini kamaytiradi.

Gʻalla yetishtirishda mavsum boshida qurgʻoqchilik kuzatilsa, kam miqdordagi 40-50 mm suv bilan sugʻorish oʻtkaziladi.

Ekin maydonini oziqlantirishda azotli oʻgʻitlar miqdorini kamaytirib, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar meʼyorlarini oshiradi.

Turkiya davlatining Konya, Shonliurfa, Harran vodiylarida gʻalla yetishtirishda mavsum boshida qurgʻoqchilik kuzatilsa kam miqdordagi 40-60 mm suv bilan sugʻorish oʻtkaziladi. Bunda, tuproqdagi namlik 40-50 foizga tushganda sugʻorish ishlarini oʻtkazishadi (yaxshi samara bergan).

Tarkibida aminokislotalar, gumin kislotalari, rux, magniy, kremniy kabi mikroelementlar mavjud biostimulyatorlarni qoʻllash gʻalla nihollarida qurgʻoqchilikka chidamlilikni oshiradi.

Pokiston davlatida esa, suv resurslari kam boʻlganda gektariga 200-300 m3 miqdorda suv bilan tez sugʻorish usulidan foydalaniladi.

Begona oʻtlarga qarshi kurash olib boradi, chunki begona oʻtlar cheklangan suv resursini yaxshi oʻzlashtiradi.

Aziz mirishkor dehqon va fermerlar!

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan kuz oylari quruq va iliq kelganda boshoqli don ekinlarini parvarishlash boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyanomaga asosan gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklariga va klasterlarga 2026-yilda har bir gektar gʻalladan 80-100 tsentnerdan hosil olish uchun kuyidagilarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:

birinchidan, ekilgan gʻalla maydonlarini undirib olish uchun suvchilarni koʻpaytirgan holda, oʻqariqlar orasini 60-70 metrdan olib, toʻliq sugʻorishni tashkil eting;

ikkinchidan, suv tanqisligi va yogʻingarchilikning kam boʻlishini inobatga olgan holda, tuplagan va 3-4 bargli gʻalla maydonlariga 150 kgdan, 1-2 barg va unib chiqmagan maydonlarga 100-120 kgdan sulfat ammoniy oʻgʻitini dala sharoitidan kelib chiqib, 3-dekabrdan 10-dekabrga qadar oziqlantirishni yakunlang;

uchinchidan, kechki va qoloq gʻalla maydonlarni yaxshilash maqsadida qoʻshimcha gektariga 100-150 kg azotli oʻgʻitlar bilan oziqlantirib, gʻalladan barakali hosil olishga erishing;

 toʻrtinchidan, dekabr oyida ob-havoning quruq va iliq kelishini inobatga olib, suspenziya sepish yaxshi natija berishi tajribasidan kelib chiqib, suyuk fosforga ega boʻlgan IFO-PZN, NPK, FLOWER kabi biostimulyatorlardan foydalaning;

beshinchidan, gʻalla maydonida yomgʻirlatib sugʻorishni yoʻlga qoʻyib, davlat tomonidan beriladigan subsidiya mablagʻini oling hamda hosildorlikni 10-12 ts/ga oshiring va suvni 35-45 foizga tejang;

oltinchidan, dalangizning suv kirish qulogʻiga 1 tadan handak oʻra qazib, gektariga 3 tonnadan mahalliy oʻgʻit jamgʻarishni unutmang hamda ichki ariqlarni betonlashtirib, suv sarfini kamaytirishga erishing;

yettinchidan, kechki va unib chikmagan gʻalla maydonlariga quruq, chirigan mahalliy goʻng sepishni tashkil eting. Bunda, gektariga 20 tonnadan goʻng qoʻllanilganda kuzgi bugʻdoy don hosildorligi 6-12 ts/ga oshishi va goʻng mineral oʻgʻitlar bilan birga qoʻllanilganda samaradorlik yanada yuqori boʻlishini aslo unutmang;

 sakkizinchidan, gʻoʻza qator orasiga ekilgan maydonlarni gʻoʻzapoyadan kesish agregatlari yordamida tozalang, bunda gʻoʻzapoyani qoʻlda sugʻurib olishga yoʻl qoʻymang;

toʻqqizinchidan, gʻalla maydonlarini chorva mollari tomonidan payhon qilinishidan himoyalang;

 oʻninchidan, aholi xonadonlari va chorva komplekslaridagi mahalliy oʻgʻitlarni jamgʻarib, dalalarga chiqarish, handak oʻralar qazish ishlarini tashkil eting;

oʻn birinchidan, ob-havoning qulay kunlaridan foydalanib, dala atroflarini, ichki va xoʻjalik ariqlarini tozalashni yakunlang;

oʻn ikkinchidan, har bir fermer xoʻjaligi rahbari gʻallachilik klaster korxonalari bilan hamkorlikda ishlarni yanada jadallashtirib, gʻallaga qoʻshimcha ozuqa berib, yuqoridagi tadbirlarni ogʻishmay amalga oshirib 2026-yil gʻalla hosilini 80-100 tsentnerga yetkazib, yuqori daromad olishga erishing;

Aziz fermer va dehqonlar!

Xalqimiz bugun biz dehqon va fermerlarning shijoatimiz, gʻayrat va matonatimizga koʻz tikib turibdi. Buni bir zum boʻlsa-da, yoddan koʻtarmaylik. Dasturxonimiz toʻkin-sochin, bozorlarimiz noz-neʼmatlarga toʻla va arzon, turmushimiz yanada farovon boʻlishi ayni paytdagi mashaqqatli mehnatimizga bogʻliq.

Oʻz daromadingizni oshirishga hamda mamlakatimiz farovonligiga munosib hissa qoʻshish uchun barchangizni sidqidildan ishlashga, fidoyilik namunasini koʻrsatishga chaqiramiz!

Amudaryo tumani fermerlari kengashi Rayosat aʼzolari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019