16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:54
Jamiyat 👁 456

“GIYoHVANDLIK — ILLAT, UNGA QARShI KURAShISh HAR BIR INSONNING BURChI” MAVZUSIDA SEMINAR TAShKIL ETILDI

“GIYoHVANDLIK — ILLAT, UNGA QARShI KURAShISh HAR BIR INSONNING BURChI” MAVZUSIDA SEMINAR TAShKIL ETILDI

Giyohvandlik — asr vabosi. Bu illat insonni nafaqat aqlan va ruhan yemiradi, balki vaqtida aniqlanib, unga qarshi keskin kurash choralari qoʻllanilmasa, giyohvandlik odamni jisman yoʻq qiladi, yaʼni oʻlimga olib keladi. Shu bois, bu illatga qarshi kurash butun dunyoda global tus olgan va dunyo davlatlari siyosatida ustuvorlik kasb etgan. Bu borada mamlakatimizda ham aholini giyohvandlik balosidan asrash, ularning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi binosida oʻtkazilgan “Giyohvandlik — illat, unga qarshi kurashish har bir insonning burchi” mavzusidagi seminar ham bu boradagi amaliy ishlarga misoldir.

Tadbir Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov tomonidan ochildi va olib borildi. Seminarda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Temurbek Doshumbayev, tuman prokurori oʻrinbosari Omirbay Xudaybergenov hamda tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar, taʼlim-tarbiya va jamoat faollari ishtirok etdilar.

Seminar avvalida masʼullar yurtimizda jamoat xavfsizligini mustahkamlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan islohotlarga toʻxtaldilar. Alohida taʼkidlanganidek, joriy yilning 3-noyabr sanasida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi muhim Farmon kuchga kirdi. Mazkur Farmon bilan giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olishga masʼul davlat organlarining ustuvor vazifalari belgilab berilgan.

Farmonda taʼlim muassasalarida, oʻquvchi va talabalar orasida psixofaol moddalarning tarqalishiga batamom chek qoʻyish, yoshlarda giyohvandlik illatiga murosasiz munosabatni shakllantirish, noqonuniy aylanmaga qatʼiy jinoiy-huquqiy mexanizmlar orqali barham berish va jazo choralarini keskin kuchaytirish, shuningdek, yoshlarga nisbatan sodir etiladigan narkojinoyatlar uchun javobgarlikni ogʻirlashtirish koʻzda tutilgan.

Seminarda soʻzga chiqqan Amudaryo tumani prokurorining oʻrinbosari Omirbay Xudaybergenov tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga eʼtibor qaratdi. Uning taʼkidlashicha, joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq 2 ta holat aniqlanib, jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Temurbek Doshumbayev esa giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha 2024-2028-yillarga moʻljallangan milliy strategiya ijrosi yuzasidan IIB tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tezkor tadbirlar natijalari haqida maʼlumotlar taqdim etdi.

Taʼkidlanganidek, 2025-yil 29-noyabr kuni olib borilgan “Tun” tezkor-tadbiri davomida tuman mahallalaridan birida yashovchi fuqaroning uyining qozonxonasidan “marixuana” giyohvandlik moddasi va urugʻlari, shuningdek, hech qanday hujjati boʻlmagan 1 dona pnevmatik qurol hamda 13 dona 12 kalibrli ov qurollari aniqlanib, hujjatlashtirilgan.

Yana bir fuqaroning giyohvand modda isteʼmol qilib yurganligi haqidagi murojaat boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazilib, ushbu shaxs tibbiy ekspertiza xulosalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Seminar davomida taʼlim-tarbiya sohasi va jamoat faollari hamda yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, balki har bir fuqaroning zimmasidagi burchi ekanligi xususida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Seminar yakunida ishtirokchilar uchun tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026