16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:23
Iqtisodiyot 👁 1,291

INTELLEKTUAL MULK OBʼEKTLARINI FUQAROLIK SUDLARIDA HIMOYa QILISh MASALALARI

INTELLEKTUAL MULK OBʼEKTLARINI FUQAROLIK SUDLARIDA HIMOYa QILISh MASALALARI

Intellektual mulk — bu inson aqliy faoliyati natijasida yuzaga keladigan va qonun bilan himoya qilinadigan mulkiy va nomulkiy huquqlar majmuasidir. Bugungi kunda axborot texnologiyalarining keng tarqalishi intellektual mulk obʼektlariga nisbatan huquqbuzarliklarning ham ortishiga olib kelmoqda. Shu boisdan, intellektual mulkni samarali himoya qilish — dolzarb va ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Intellektual mulk muhofazasi davlatning jahon hamjamiyatidagi oʻrnini belgilab beruvchi omillardan biriga aylanib bormoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki, mamlakat taraqqiyoti koʻp jihatdan intellektual mulkni muhofaza qilish tizimiga bogʻliq. Intellektual mulk huquqini himoya qilish:

Mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni rivojlantirish;

Chet el investitsiyalarini jalb etish;

Zamonaviy texnologiyalarni olib kelish va joriy etish;

Pirovard natijada mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Binobarin, har qanday davlatning intellektual mulkni himoya qilishdagi manfaatdorligi intellektual faoliyat natijalari sohiblariga oʻz mutlaq huquqlaridan foydalanish va ularni himoya qilish uchun maqbul huquqiy rejim oʻrnatishda namoyon boʻladi.

XALQARO TAJRIBALAR: INNOVATsION INFRATUZILMA

Innovatsion jarayonlarni qoʻllab-quvvatlash borasida turli davlatlarda oʻziga xos tajriba toʻplangan.

1. AQSh tajribasi

AQSh universitetlarida innovatsion infratuzilmalarni shakllantirishga katta eʼtibor beriladi. Bunday infratuzilmalarda ilmiy ishlanmalar tijoratlashtirilib, texnologiyalar transferi amalga oshiriladi.

Bey-Doul qonuni (1980): Bu qonun innovatsion jarayonlarning keskin rivojlanishiga, universitetlarga oʻz ilmiy ishlanmalari orqali daromad olishga keng yoʻl ochib bergan.

Namunalar:

Kaliforniya texnologiya instituti: Amaliy fanlar va injenerlik sohasida yetakchi boʻlib, unda tadqiqotlarga homiylik qilish ofisi, texnologiyalar transferi ofisi va tadbirkorlar klubi kabi innovatsion infratuzilmalar tashkil etilgan.

Stenford universiteti: Asosiy innovatsion infratuzilmasi texnologiyalarni litsenziyalash ofisi hisoblanib, uning funktsiyasi universitetning intellektual mulkini boshqarishdan iborat.

Massachusets texnologiya instituti (MTI): Texnologiyalarni litsenziyalash ofisi va tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan boshqa tuzilmalar mavjud.

2. Yaponiya tajribasi

Yaponiyaning yuksak iqtisodiy rivojlanishga chet el innovatsiyalarini faol qoʻllash orqali erishgani maʼlum.

Siyosat oʻzgarishi: XX asrning 80-yillariga kelib, Yaponiyaning iqtisodiy siyosati oʻz ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratiladi.

Texnopolislar: Mamlakatda 1983-yili texnopolislarni rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqilgan.

Natija: Milliy texnoparklarni rivojlantirish uchun Yaponiya hukumati tomonidan maxsus dasturlar qabul qilinib, dastlab 100 dan ziyod texnopark tashkil etilgan. Texnoparklar ishbilarmonlik va ilmiy-texnik soha oʻrtasidagi aloqalarning rivojlanishiga olib keldi.

A. Seytnazarov, Fuqarolik ishlar boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019