16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:36
Jamiyat 👁 595

BOʻZYoPLIKLARGA YaXShILIK ULAShAYoTGAN IJTIMOIY XODIM

BOʻZYoPLIKLARGA YaXShILIK ULAShAYoTGAN IJTIMOIY XODIM

Amudaryo tumanining Boʻzyop ovulida 1071 ta xonadonni qamrab olgan 1707 ta oilada salkam 5800 nafarga yaqin turli millatga mansub aholi istiqomat qiladi. Boʻzyopliklar uchun bir-birining muammolariga yelka tutish va oʻzaro yordam koʻrsatish azaliy qadriyat hisoblanadi. Aynan mana shunday hamjihatlik muhiti tufayli kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim sifatida oʻz faoliyatini boshlagan Shodurdi Shamanov ovul aholisi bilan qisqa vaqt ichida yaqin munosabat oʻrnatdi va samarali faoliyat olib bormoqda.

Uning ovul fuqarolar yigʻini “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlari natijasida 12 toifadagi fuqarolarning roʻyxati shakllantirilib, ularga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Ijtimoiy xodim eng avvalo ovuldagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar toifasi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrdi. Aynan shu toifadagi 6 nafar fuqaroning uylariga borib oʻrganilgach, ularga assistent biriktirilib, namunali ijtimoiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Uning tashabbusi bilan ovul hududidagi 124 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar va bolalarga ijtimoiy himoya choralari qoʻllanilib, ularga maʼlum maʼnoda hayotga joʻshqin nazar bilan qarashlariga imkon beruvchi ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 12 nafar nogironligi boʻlgan shaxsga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari olib berildi. 13 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar oʻz imkoniyatlariga yarasha barqaror daromadli ish bilan taʼminlandilar. 4 nafar nogironligi boʻlgan shaxsga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan davolanib, salomatligini tiklashlari uchun yordam koʻrsatildi. 3 nafar fuqaro esa adaptiv sportga jalb etildi.

Ota-onalari chet davlatlarda, mehnat muhojirligida boʻlgan va yaqin qarindoshlari tomonidan vasiylik va homiylikka olingan 2 nafar bolani parvarishlayotgan oila va ularning taʼlim-tarbiyasi ijtimoiy xodim tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Ovuldagi kam taʼminlanganlar toifasiga kiritilgan 78 ta oila doimiy eʼtiborda. Mazkur oilalarning barchasiga moddiy yordam va bolalar nafaqasi tayinlangan. Kambagʻallik reyestriga kiritilgan 50 ta oilani esa kambagʻallikdan chiqarish borasida ovulda faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda zarur choralar koʻrilmoqda.

Ijtimoiy xodimning samarali faoliyati natijasida 139 ta ehtiyojmand oilalarga kuz-qish mavsumi uchun bir martalik moddiy yordam ajratildi. 9 ta kam taʼminlangan oilaning farzandlari maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli ravishda joylashtirildi.

Shodurdi Shamanovning ish faoliyatida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash masalasi ham muhim oʻrin tutadi. Joriy yil davomida tazyiq va zoʻravonlik holatlari tufayli 4 nafar ayol-qizga himoya orderlari rasmiylashtirilib, ularning xavfsizligi taʼminlandi. Belgilangan tartib-qoida asosida soʻrovnoma oʻtkazilib, ularga huquqiy va psixologik yordamlar koʻrsatildi.

Bugungi kunda oʻz xizmat faoliyati bilan boʻzyopliklarning eng yaqin va ishonchli davlat xizmatchisiga aylangan Shodurdi Shamanovning har bir ish kuni unga ishongan hamqishloqlari hayotiga doir muammolarni hal etish, ularning ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, qalblarida hayotsevarlik tuygʻularini uygʻotish, yaxshilik ulashishga qaratilgan xayrli tadbirlar bilan oʻtadi. Zero, insonlarga yaxshilik ulashish zulmatga nur bagʻishlash bilan barobardir.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026