16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Jamiyat 👁 419

“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan kam taʼminlangan oilalarga 1000 tup koʻchat tarqatildi

“Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan kam taʼminlangan oilalarga 1000 tup koʻchat tarqatildi

Bugungi kunda atrof-muhit muhofazasi va aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish nafaqat davlat tashkilotlarining, balki fuqarolik jamiyati institutlarining ham asosiy vazifalaridan biriga aylandi. Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirayotgan loyihalari hududlardagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish hamda aholi turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yaqinda “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan grant tanlovida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. “Aholining ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish va sohada amaliy ishlarni targʻib qilish” yoʻnalishi boʻyicha taqdim etilgan "Ekologik madaniyat – sogʻlom kelajak asosi" loyihasi komissiya tomonidan yuqori baholanib, moliyalashtirildi. Bu esa Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumanida keng koʻlamli xayrli ishlarni boshlash uchun huquqiy va moliyaviy zamin yaratdi.

Mazkur grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ilk yirik tadbirlardan biri — "Oilamiz bogʻini yaratamiz!" aktsiyasi boʻldi. Taʼkidlash joizki, ushbu tashabbus shunchaki koʻchat ekish tadbiri emas, balki aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash loyihasidir. Amudaryo tumani Mahallalar uyushmasi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan aktsiya davomida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan va “Ijtimoiy himoya” yagona reyestriga kiritilgan oilalar tanlab olindi.

Loyiha doirasida tuman boʻyicha 50 ta ehtiyojmand oilaning har biriga 20 tupdan, jami 1000 tup sara mevali daraxt koʻchatlari bepul tarqatildi. Jarayonning shaffof va manzilli boʻlishini taʼminlash maqsadida koʻchatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining joylardagi xodimlariga topshirildi. Ijtimoiy xodimlar esa oʻz navbatida nafaqat koʻchatlarni egalariga yetkazib berish, balki uni ekish ishlariga ham yaqindan koʻmaklashadilar.

Orolboʻyi mintaqasida, xususan, Amudaryo tumanida yashillikni koʻpaytirish, havo musaffoligini taʼminlash va tuproq shoʻrlanishining oldini olishda har bir tup daraxtning oʻrni beqiyos. 1000 tup yangi daraxt ekish — bu kelajakda toza havo manbai va moʻʼtadil mikroiqlimga kichik boʻlsada hissa qoʻshish deganidir. Shu oʻrinda loyihaning iqtisodiy samaradorligini ham unutmaslik kerak. Mevali daraxtlar bir necha yildan soʻng hosilga kirgach, ushbu oilalar uchun qoʻshimcha daromad manbaiga aylanadi. Bu “kambagʻallikni qisqartirish” umummilliy harakati bilan hamohang boʻlib, aholining tomorqadan samarali foydalanish koʻnikmasini shakllantiradi va oila byudjetiga foyda keltiradi.

Loyiha faqat koʻchat ekish bilan cheklanib qolmaydi. Uning doirasida aholining ekologik huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar ham rejalashtirilgan. Xususan, ovul va mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, unda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik yangiliklari tushuntiriladi.

Yosh avlod tarbiyasi ham loyihaning diqqat markazida boʻladi. "Yosh ekolog" toʻgaragi aʼzolari uchun tabiat bagʻriga sayohatlar uyushtirish ham koʻzda tutilgan boʻlib, bu bolalarda ona tabiatga mehr uygʻotishning eng samarali usulidir. Shuningdek, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Yashil tabiatni asrash – oʻz qoʻlimizda" mavzusida insholar tanlovi, turli ijodiy ishlar, sheʼr va rasmlar tanlovlarini oʻtkazish reja qilingan. Bu tadbirlar yoshlarda ekologik ongni shakllantirishga, ularni tabiatga nisbatan masʼuliyatli boʻlishga undaydi.

Xulosa oʻrnida aytganda, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyiha davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligining yorqin namunasidir. U bir vaqtning oʻzida ham ijtimoiy, ham ekologik muammolar yechimiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019