“Özagroinspektsiya”ning tuman bölimi tomonidan sayyor qabul ötkazildi
Qişloq xöjaligi sohasidagi dolzarb masalalarni joyida örganiş va fermerlarga amaliy yordam körsatiş maqsadida Amudaryo tumanidagi Amir Temur nomli ovulda “Özagroinspektsiya”ning tuman bölimi tomonidan navbatdagi sayyor qabul ötkazildi.
Sayyor qabul davomida hududdagi bir qator fermer xöjaliklari va tadbirkorlik subʼektlari rahbarlari özlarini qiynayotgan muammolar hamda takliflar bilan murojaat qilişdi. Xususan, “Sultonov Sobir” fermer xöjaligi rahbari tuman hokimligining qişloq xöjaligi bölimi tomonidan 2027-yil hosili uçun 16 gektar maydonga ğalla ekiş rejalaştirilganini taʼkidlab, 2026-yilda yetiştirilgan texnik ğalla uruğligidan öz hisobidan ekiş mumkinligi yuzasidan ruxsat va maslahat söradi.
Şuningdek, tumanning Nazarxon ovuli hududida faoliyat yurituvçi “Mang‘it amu briket” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari paxta maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini ötkaziş tartiblari töğrisida batafsil maʼlumot berişni sörab murojaat qildi.
Bundan taşqari, “Allaberganov Izzatjon” fermer xöjaligi rahbari Umidjon Allaberganov 2026-yilgi paxta yiğim-terimi mavsumida paxta xomaşyosini qabul qiliş maskanlariga betalafot yetkazib beriş maqsadida xöjalikning qöşimça tirkamalari uçun vaqtinçalik davlat raqam belgilarini oliş masalasida amaliy yordam körsatilişini söradi.
Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat atrofliça örganilib, qonunçilikda belgilangan tartibda huquqiy tuşuntirişlar berildi va kötarilgan masalalarni tezkor hal etiş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilandi. Bu kabi sayyor qabullar soha vakillarining muammolarini tinglaş va ularni vaqtida qöllab-quvvatlaş orqali yurtimizda agrar tarmoqni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶