16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Jamiyat 👁 362

OLIY SUD PLENUMI QARORLARI – AMALIYoTDA

OLIY SUD PLENUMI QARORLARI – AMALIYoTDA

Amudaryo tuman sudi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yaqinda qabul qilingan muhim qarorlari mazmun-mohiyatini oʻrganishga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. Tadbirda sudyalar, davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirok etib, sud amaliyotiga tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasidan fikr almashdilar.

Seminarning asosiy maqsadi – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 24-noyabrdagi “Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy neʼmatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash amaliyoti haqida”gi 21-sonli, “Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 22-sonli hamda ayrim Plenum qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi 23-sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka va ijrochilarga yetkazishdan iborat boʻldi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi Jasurbek Baltabayev taʼkidlaganidek, Oliy sud Plenumining 21-sonli qarori bilan jazo tayinlashda mutanosiblik printsipiga asoslanish va huquqiy taʼsir choralari qonunda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerakligi belgilangan. Shuningdek, endilikda shaxsni oʻta xavfli residivist deb topishda nafaqat Oʻzbekiston, balki boshqa davlat sudlarining hukmlari ham hisobga olinishi mumkin. Qolaversa, Qaror bilan jazo tayinlashning oʻziga xos tartiblari kiritilmoqda. Endilikda sudlarga jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo oʻrniga koʻproq majburlov choralarini qoʻllash tavsiya etiladi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov internet tarmogʻida shaʼn va qadr-qimmatni kamsituvchi maʼlumotlar tarqatilganda qoʻllaniladigan choralar haqida tushuntirish berdi. Agar ijtimoiy tarmoqlarda shaxs haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilsa, jabrlanuvchi nafaqat raddiya berishni, balki ushbu maʼlumotlarni oʻchirib tashlash, qidiruv tizimlaridan olib tashlash hamda maʼnaviy zararni undirishni talab qilishi mumkin. Eʼtiborli jihati shundaki, tarqatilgan maʼlumotning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlash majburiyati endilikda maʼlumotni tarqatgan javobgar zimmasiga yuklatiladi.

Seminar davomida fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining sudyasi Muhabbat Kaypova Plenumning 22- va 23-sonli qarorlari bilan amaldagi qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlarga eʼtibor qaratdi. U oʻz nutqida kredit munosabatlari va jazo tayinlash amaliyotidagi yangiliklarni sharhlab berdi.

Qayd qilinganidek, Plenumning 23-sonli qarori bilan kredit shartnomalari boʻyicha nizolarni hal qilishda adolatli yondashuv belgilandi. Xususan, agar qarz oluvchi kreditni qaytarish muddatini buzsa, bank darhol kreditning qolgan barcha qismini undirishni talab qila olmaydi. Dastlab muddati oʻtgan qismni undirish choralari koʻrilishi kerak. Faqat shundan keyingina, natija boʻlmasa, kreditning toʻliq summasini muddatidan oldin undirish masalasi qoʻyilishi mumkin. Bu fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda muhim kafolatdir.

Shuningdek, sudya Muhabbat Kaypova jinoyat ishlari boʻyicha jazo tayinlashdagi oʻzgarishlarga ham toʻxtaldi. 22-sonli Plenum qaroriga koʻra, Konstitutsiyamizning 20-moddasiga asosan, shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik printsipiga asoslanishi shart. Sudlarga voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo oʻrniga majburlov choralarini kengroq qoʻllash tavsiya etilmoqda. Yana bir muhim jihat: jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni internetda tarqatgan shaxslarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, ularga Internetdan foydalanishni taqiqlash kabi qoʻshimcha cheklovlar belgilanishi mumkinligi tushuntirildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga sudyalardan batafsil javob oldilar. Ushbu Plenum qarorlarining amaliyotga toʻgʻri tatbiq etilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019