16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:55
Jamiyat 👁 410

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yildagi faoliyati yakunlari boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli huquqiy islohotlarning tub mohiyati inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatida qonuniylikni taʼminlash hamda aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan. Yagona davlat huquqiy siyosatini amalga oshiruvchi asosiy idora sifatida Adliya vazirligi zimmasiga bu borada ulkan masʼuliyat yuklangan. 23-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziriligi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻtkazilgan matbuot anjumani ham oʻtgan davr mobaynida sohada erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tahlil qilish, kelgusi rejalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Matbuot anjumanida Qoraqalpogʻistonda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar qatnashdilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Amangeldi Prenov taʼkidlaganidek, hisobot davrida vazirlik tomonidan eng avvalo, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan vazirlik va uning quyi tizimlariga jami 5 ming 45 ta murojaat kelib tushgan. Eʼtiborlisi, ushbu murojaatlarning 2 ming 779 tasi, yaʼni 55 foizi qanoatlantirilib, fuqarolarning huquqlari tiklanishiga erishilgan.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, aholini koʻproq mehnat munosabatlari, uy-joy masalalari, ijtimoiy himoya va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq muammolar tashvishga solmoqda. Shuningdek, oʻtgan yil davomida fuqarolar manfaatini koʻzlab sudlarga kiritilgan 13 ming 161 ta daʼvo arizalari natijasida 7 milliard 151 million soʻmdan ortiq mablagʻ undirib berilgan.

Vazirlik faoliyatining yana bir muhim yoʻnalishi – bu davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik ijrosini nazorat qilishdir. Vazirlik tomonidan amalga oshirilgan monitoringlar va oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida davlat idoralarida 45 mingdan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlangan. Ushbu qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha tegishli muassasa, idora va tashkilotlarga 1217 ta taklif, 317 ta ogohlantirish kiritildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar asosida aholiga 23 milliard 391 million soʻmlik mablagʻlar qaytarilgan. Shu bilan birga, oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan 789 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Ushbu raqamning oʻziyoq joylarda hali-hanuz qonunchilikka rioya qilishda masʼuliyatsizlik holatlari uchrayotganidan dalolat beradi.

Aholiga qulaylik yaratish, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi ham tubdan takomillashtirilmoqda. 2025-yilda Davlat xizmatlari markazlari orqali 1 million 133 mingdan ortiq xizmat koʻrsatilgani, shundan 410 mingtasi onlayn tarzda amalga oshirilgani raqamlashtirish jarayonining jadallashganini koʻrsatadi. Infratuzilmani yaxshilash maqsadida Nukus shahri va 17 ta tumanda zamonaviy markaz binolari foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlari arxivlaridagi 3 million 700 mingdan ortiq hujjatlarning raqamlashtirilishi fuqarolarga hujjat olishda tezkorlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Yuridik xizmat koʻrsatish sohasidagi islohotlar ham eʼtiborga molik. Xususan, tuman va shahar adliya boʻlimlari huzurida tashkil etilgan 17 ta Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bugungi kunda maktablar, bogʻchalar va poliklinikalar kabi ijtimoiy soha obʼektlariga sifatli huquqiy xizmat koʻrsatmoqda. Bu esa byudjet tashkilotlarida qonun buzilishlarining oldini olishda muhim omil boʻlmoqda. Bundan tashqari, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 51 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazilgani jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar vazirlik jamoasining "Inson qadri uchun" tamoyili asosida, masʼuliyat bilan faoliyat yuritganidan dalolat beradi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019