16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:19
Siyosat 👁 760

Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda

Sayyor qabullarda muammolarga joyida yechim topilmoqda

Aholining kundalik muammolarini bevosita joyiga chiqib oʻrganish, murojaatlarga tezkor va samarali yechim topish maqsadida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov tomonidan Jayxun hamda Boy ovul mahalla fuqarolar yigʻinlarida navbatdagi sayyor qabullar oʻtkazildi.

Mazkur sayyor qabullarda tuman boʻlim va tashkilotlari rahbarlari, mutasaddi masʼullar hamda mahalla aholisi vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvlar ochiq muloqot, aholi muammolarini va takliflarini tinglash ruhida tashkil etildi.

Jayxun mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan sayyor qabul davomida aholi tomonidan bir qator ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, ichki yoʻllarni taʼmirlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl belgilarini oʻrnatish masalalari koʻtarildi.

Shuningdek, fuqarolar farzandlarining oliy taʼlim muassasalarida oʻqishi uchun shartnoma toʻlovlarini amalga oshirishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar. Mahallada sport maydonchasi qurilishiga koʻmaklashish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari ham muhim takliflar qatorida tilga olindi.

Aholi tomonidan elektr energiyasi taʼminoti sifatini yaxshilash, chorvachilik mahsulotlarini sotish uchun doʻkon qurishga yer maydoni ajratish, shuningdek, chorvachilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishida amaliy yordam berish boʻyicha murojaatlar bildirildi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, masʼullarga aniq vazifalar yukladi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar boʻyicha tegishli boʻlimlarga ijro uchun topshiriqlar berildi.

Boy ovul mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Timur Doshumbayev ham ishtirok etdi. Dastlab masʼullar hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, Boy ovul mahallasini jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish masalalari yuzasidan soʻz yuritdilar.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish bugungi kundagi eng ustuvor vazifalardan biri ekani taʼkidlanib, bu borada aholi va masʼul idoralar hamkorligining ahamiyati qayd etildi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolar tomonidan jarrohlik amaliyoti va davolanish uchun moddiy yordam ajratish, oʻzi va turmush oʻrtogʻini ishga joylashtirishga koʻmaklashish, parrandachilikni rivojlantirish uchun kredit mablagʻlari ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Bundan tashqari, farzandlarining oliy taʼlim shartnoma pullarini toʻlashda amaliy yordam koʻrsatish, uy-joylarni taʼmirlash, farzandini harbiy xizmatga joʻnatish bilan bogʻliq kompensatsiya mablagʻlarini olishda koʻmak berish masalalari ham aholi tomonidan koʻtarildi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tomonidan har bir murojaat yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olinishi belgilandi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarni joyida koʻrib chiqish va amaliy yechimlar topish sayyor qabullarning asosiy maqsadi ekanligi yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi.

Mazkur sayyor qabullar aholi ishonchini mustahkamlash, davlat idoralari faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish, eng asosiysi, fuqarolarning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirmaslik yoʻlidagi muhim qadam boʻlib xizmat qildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019