16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:56
Salomatlik 👁 387

Uyshin mahallasida zamonaviy tibbiyot maskani aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda

Uyshin mahallasida zamonaviy tibbiyot maskani aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda

Bugun yurtimizda aholining salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bu borada davlat bilan bir qatorda saxovatpesha tadbirkorlarning ijtimoiy masʼuliyatini his etib, xalq manfaatini koʻzlab amalga oshirayotgan ezgu ishlari alohida eʼtirofga loyiq. Ana shunday xayrli tashabbuslardan biri Amudaryo tumani Uyshin mahallasida barpo etilgan zamonaviy oilaviy shifokorlik punkti boʻldi.

Mazkur tibbiyot maskani bugungi kunda mahalla aholisi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va birlamchi tibbiy xizmatlarni sifatli koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Eng muhimi, bu inshoot toʻliq saxovatpesha tadbirkor homiyligida qurilib, xususiy sektorning ijtimoiy sohadagi faol ishtirokini yaqqol namoyon etdi.

Avvallari Uyshin mahallasi aholisi tibbiy xizmat olish uchun Qipchoq shaharchasida joylashgan 1-sonli oilaviy poliklinikaga borishga majbur edi. Ushbu poliklinika mahalladan 8–9 kilometr uzoqlikda joylashgani sababli, ayniqsa keksalar, nogironligi boʻlgan fuqarolar va yosh bolali ayollar uchun bu masofa jiddiy muammolar tugʻdirardi. Qishning sovuq, izgʻirinli kunlari yoki yozning jazirama issigʻida transport topish mushkulligi tibbiy xizmatdan foydalanishni yanada qiyinlashtirgan.

Aholining ana shu dolzarb ehtiyojlari inobatga olinib, tadbirkor tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Uyshin mahallasida yangi tibbiy punkt qurish loyihasi tasdiqlandi. Natijada qisqa vaqt ichida barcha zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan tibbiyot muassasasi barpo etildi.

Bugungi kunda mazkur oilaviy shifokorlik punkti ultra tovush tekshiruvi (UZI), elektrokardiografiya (EKG), stomatologiya xizmatlari uchun zarur uskunalar, zamonaviy kompyuter texnikalari va boshqa ilgʻor tibbiy jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan. Bu esa mahalla aholisiga turli tekshiruv va davolanishlarni uzoq yoʻl bosmasdan, oʻz yashash hududida amalga oshirish imkonini bermoqda.

Oilaviy shifokorlik punktida tajribali shifokorlar hamda mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Xususan, umumiy amaliyot shifokori, pediatr, akusher-ginekolog, stomatolog hamda qator mutaxassislar aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatmoqda. Shuningdek, hamshiralar va oʻrta tibbiyot xodimlari tomonidan emlash, profilaktik koʻriklar, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam amalga oshirilmoqda.

Natijada mahalla aholisi turli kasalliklar boʻyicha dastlabki tashxis va maslahatlarni hududning oʻzida, tezkor va qulay tarzda olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.

Shubhasiz, bunday tibbiyot maskanining tashkil etilganligi nafaqat tibbiy infratuzilmaning kengayishi, balki aholining hayot sifati yaxshilanishi, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarni erta aniqlash borasida muhim qadamdir. Eng asosiysi, bu ezgu ish xalq bilan tadbirkor, davlat bilan jamiyat oʻrtasidagi hamkorlik samaradorligining yorqin ifodasidir.

Uyshin mahallasida barpo etilgan ushbu oilaviy shifokorlik punkti kelgusida ham aholi salomatligini muhofaza qilish yoʻlida ishonchli tayanch boʻlib xizmat qilishi shubhasiz. Saxovat, tashabbus va ezgulik uygʻunlashgan bunday loyihalar yurtimizda tobora koʻpayib borayotgani esa barchamizni quvontiradi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026