16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Siyosat 👁 1,004

Mahalliy Kengash deputatlarining faolligi oshmoqda

Mahalliy Kengash deputatlarining faolligi oshmoqda

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli taʼminlash hamda davlat boshqaruvini aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi tizimga aylantirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining oʻrni va ahamiyati sezilarli darajada ortib bormoqda. Ayniqsa, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, joylardagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishda mahalliy Kengashlar deputatlarining faolligi kuchaymoqda.

Soʻnggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlari mahalliy Kengashlarning nazorat funktsiyalarini kuchaytirishga qaratildi. Xususan, mahalliy darajada davlat organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qoʻyilib, ularning oʻz faoliyati yuzasidan xalq vakillari oldida muntazam hisobot berib borishi yoʻlga qoʻyildi.

Bugungi kunda prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sogʻliqni saqlash organlari rahbarlarining mahalliy Kengashlar oldida hisobot berish amaliyoti joriy etilgan boʻlib, bu orqali davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi taʼminlanmoqda. Shu bilan birga, aholini qiynab kelayotgan muammolarni hal etishda deputatlik soʻrovlari institutining ahamiyati yanada ortmoqda.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi ham ushbu islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Tuman Kengashi tarkibi 25 nafar deputatdan iborat boʻlib, ular joylarda aholining manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish yoʻlida izchil faoliyat olib bormoqda. Shu kunga qadar Kengash tomonidan 17 ta sessiya oʻtkazilib, ularda jami 145 ta masala koʻrib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiyalarda asosiy eʼtibor aholini qiynab kelayotgan muammolarni muhokama qilish, ularning yechimini topish va ijrosini nazorat qilishga qaratildi. Shu maqsadda deputatlar tomonidan joylarda 239 marotaba aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda turli sohalarda faoliyat yurituvchi tegishli tashkilot va idoralar rahbarlarining 38 ta hisoboti hamda 13 ta axboroti tinglandi. Uchrashuvlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun masʼul tashkilotlarga 86 ta deputat soʻrovlari yuborildi.

Deputat — bu xalq vakili, xalq dardini tinglab, uni yechish yoʻlida amaliy choralar koʻruvchi shaxsdir. Shu maʼnoda, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashiga 3-Doʻstlik saylov okrugidan saylangan deputat Madamin Kazakovning faoliyati eʼtiborga molikdir. U tuman Kengashida Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.

Madamin Kazakov oʻz deputatlik faoliyati davomida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida masʼul tashkilotlarga 7 ta deputat soʻrovlari kiritgan. Ushbu soʻrovlar asosida bir qator ijobiy natijalarga erishilgan. Jumladan, aholi bilan uchrashuvlardan birida Farovon mahallasi aholisini tashvishga solib kelayotgan oqava suv tizimini yaxshilash hamda koʻprik qurish masalasi koʻtarilgan edi. Deputat tomonidan mazkur muammolar tegishli davlat tashkilotlariga yoʻnaltirilib, natijada muammolarga ijobiy yechim topildi. Ayni paytda Yangiobod mahallasidan Farovon mahallasiga kirish joyidagi zovurga oʻrnatilgan talabga javob bermaydigan temir koʻprik buzilib, mustahkam koʻprik qurilmoqda. Bu ishlarda aholining hissasi ham katta boʻlmoqda.

Bu kabi ishlar xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining aholi hayotidagi ahamiyatini yanada oshirib, davlat organlari faoliyatini xalq manfaatlariga yoʻnaltirishda muhim omilga aylanmoqda. Mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish esa yurtimizda demokratik islohotlarning izchil davom etishini taʼminlaydi.

Zero, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy “ovozi”ga aylantirishni taqozo etmoqda. Ushbu strategik maqsadlar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tubdan transformatsiya qilish, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyishni talab etadi. Xalq deputatlar Amudaryo tuman Kengashi deputatlarining faoliyati ushbu yoʻnalishda mahalliy Kengashning faol, tashabbuskor va masʼuliyatli pozitsiyani egallaganidan dalolat beradi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlarining aniq belgilab qoʻyilishi, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlarining bir-biridan ajratilgani ham hokimiyatlar boʻlinishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada toʻlaqonli amalga oshirilishiga xizmat qilmoqda. Bu esa mahalliy Kengashlarning mustaqilligini oshirib, ularning aholi manfaatlarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019