16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:36
Jamiyat 👁 219

HARBIYLAR VA TALABALAR NAVOIY IJODIYoTI BOʻYIChA “ZAKOVAT” MAYDONIDA KUCh SINAShDI

HARBIYLAR VA TALABALAR NAVOIY IJODIYoTI BOʻYIChA “ZAKOVAT” MAYDONIDA KUCh SINAShDI

Buyuk mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan harbiy qismlar va taʼlim muassasalarida tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarda milliy merosga ehtirom, kitobxonlik va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyini boʻldi.

Mazkur bellashuvda Nukus garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda Nukus innovatsion texnologiyalar universiteti talabalari ishtirok etib, oʻz bilim va zakovatlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Tadbirning asosiy gʻoyasi — Vatan himoyachilari va yoshlar oʻrtasida milliy adabiyotimizga, xususan, Hazrat Navoiy ijodiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, maʼnaviy dunyoqarashni kengaytirishdan iborat boʻldi.

Intellektual bahsda jamoalar Mir Alisher Navoiyning hayot yoʻli, serqirra ijodi, uning mashhur “Xamsa” asari, tarixiy shaxslar hamda milliy qadriyatlarimizga oid savollarga javob izladilar. Savollar mazmuni ishtirokchilardan nafaqat faktlarni bilishni, balki mantiqiy xulosa chiqarish, taqqoslash va tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalarini ham talab etdi.

Oʻyin davomida, ayniqsa, gʻazalxonlikka oid shartlar katta qiziqish uygʻotdi. Navoiy gʻazallaridan parchalar keltirilib, ularning davomini topish yoki mazmunini qisqa, aniq ifoda etish vazifalari berildi. Bu esa jamoalarning kitobxonlik darajasi bilan birga nutq madaniyati, maʼno anglash va jamoa boʻlib ishlash qobiliyatini ham namoyon qildi. Tomoshabinlar oldida shakllangan doʻstona raqobat muhiti bellashuvga alohida ruh bagʻishlab, har bir toʻgʻri javobdan soʻng zalda quvonchli qarsaklar yangradi.

Tadbirda soʻz olganlar Navoiy asarlarida insonparvarlik, adolat, vatanparvarlik va ilm-maʼrifatga intilish kabi yuksak gʻoyalar mujassam ekanini qayd etib, bu meros bugungi kun yoshlari uchun haqiqiy hayot maktabi ekanini taʼkidladilar. Shu maʼnoda, “Zakovat” kabi intellektual loyihalar bilimni mustahkamlash bilan birga, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, xizmat va oʻqish muhitida hamkorlik hamda oʻzaro hurmatni oshirishga xizmat qiladi.

Bellashuv yakunida eng yuqori natija koʻrsatgan, zukkoligi va jipsligi bilan ajralib turgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Gʻoliblarning eʼtirofi, ishtirokchilarning faolligi va tadbirning mazmunli tashkil etilgani barchaga birdek manzur boʻldi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug rahbariyati tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur “Zakovat” oʻyini shunchaki bellashuv emas, balki buyuk ajdodlarimizga boʻlgan hurmat va eʼtiborning yorqin namunasidir. Zero, Navoiyni, uning buyuk merosini va boy adabiyotimizni anglash harbiylar hamda yoshlar uchun maʼnaviy tayanch va hayotiy yoʻl-yoʻriqdir. Navoiy asarlari insonparvarlik, adolat, vatanparvarlik, matonat va halollik kabi fazilatlarni mustahkamlaydi. Harbiylar uchun bu meros xizmat burchini ongli ado etish, xalqqa sadoqat va xizmat jarayonida qatʼiy intizomni namoyon qilishga yordam beradi. Talab yoshlar esa Navoiy ijodi orqali milliy oʻzlikni his etadi, maʼnaviy immunitetini kuchaytiradi, nutq madaniyati va fikrlash darajasini oshiradi.

Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ilm-maʼrifatga undash va milliy qadriyatlar atrofida birlashtirishda muhim oʻrin tutadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019