16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:32
Iqtisodiyot 👁 1,254

SOLIQDAN YaShIRILGAN MILLIARDLAR: AMUDARYoDA NORUDA FOYDALI QAZILMALAR SOHASIDA YaShIRIN IQTISODIYoTGA QARShI QATʼIY NAZORAT OʻRNATILMOQDA

SOLIQDAN YaShIRILGAN MILLIARDLAR: AMUDARYoDA NORUDA FOYDALI QAZILMALAR SOHASIDA YaShIRIN IQTISODIYoTGA QARShI QATʼIY NAZORAT OʻRNATILMOQDA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan respublika hududida noruda foydali qazilmalarni yer qaʼridan qazib olish bilan shugʻullanuvchi korxonalar faoliyati ustidan tizimli va qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. Ushbu chora-tadbirlar sohada yashirin iqtisodiyot holatlarini bartaraf etish, soliq intizomini mustahkamlash hamda davlat byudjetiga tushumlarni oshirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur yoʻnalishda Amudaryo tumani Prokuraturasi tomonidan ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Tahlillarga koʻra, respublika boʻyicha 234 ta korxonaga 288 ta noruda foydali qazilmalar koni uchun yer maydonlari ajratilgan. Shundan Amudaryo tumanida 28 ta korxona 33 ta karerda qazish ishlarini olib bormoqda.

Soʻnggi yillarda noruda foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida tovar aylanmasini yashirish yoki kamaytirib koʻrsatish orqali soliq toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash holatlari ortib borayotgani kuzatildi. Respublika kesimida oʻtkazilgan tahlillar 92 ta korxonaning elektr energiyasi isteʼmoli hajmidan kelib chiqib, haqiqatda qazib olingan noruda miqdori 16 million kub metrdan ortiq boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi. Ushbu hajmdan kelib chiqib, byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan 85 milliard soʻmdan ortiq soliq yashirilgani aniqlangan.

Mavjud holatlardan kelib chiqib, Respublika Prokuraturasi tashabbusi bilan «Q-control» elektron nazorat tizimi joriy etildi. Ushbu tizim doirasida karerlarga olib boruvchi barcha yoʻllarda, jumladan ichki yoʻllarda ham kuzatuv kameralari oʻrnatildi. Natijada har bir yuk avtomashinasining harakati toʻliq hisobga olinishi yoʻlga qoʻyildi.

Elektron nazorat tizimining joriy etilishi qisqa fursat ichida sezilarli samara berdi. Xususan, tovar yuk xatlarini rasmiylashtirish soni kuniga 25 tadan 700 tagacha oshdi. Shuningdek, realizatsiya qilingan kunlik tovar aylanmasi 1200 kub metrdan 28 ming kub metrga yetdi. Bu koʻrsatkichlar sohadagi yashirin aylanmalarni ochiqlashtirish va hisob-kitoblarni shaffoflashtirish yoʻlida muhim qadam boʻldi.

Tizim orqali nazorat kuchaytirilgani natijasida 604 ta holatda yuk tashuvchi transport vositalari davlat raqam belgilarini yashirib yoki umuman raqamsiz harakatlangani aniqlandi. Ushbu holatlar boʻyicha ham tegishli choralar koʻrilmoqda.

Shu bilan birga, tumandagi barcha karerlar va noruda foydali qazilmalarni qazib olish bilan shugʻullanuvchi korxonalar toʻliq xatlovdan oʻtkazildi hamda ularning roʻyxati shakllantirildi. Qazib olingan ish hajmi boʻyicha soliq hisobotlarining haqqoniy yuritilganligini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi soliq boshqarmasidan mutaxassis jalb etilgan.

2025-yil dekabr oyi hamda joriy yil yanvar oyida korxonalar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi koʻrsatkichlari taqqoslanib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan oʻzaro solishtirilmoqda. Bu orqali ishlab chiqarish quvvati va rasmiy hisobotlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻrtasidagi tafovutlar aniqlanmoqda.

Bundan tashqari, tuman ekologiya boʻlimi tomonidan ham karerlar qayta xatlovdan oʻtkazilib, atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish omillari oʻrganilmoqda. Bu esa sohada faqat iqtisodiy emas, balki ekologik nazoratni ham kuchaytirish imkonini bermoqda. Hozirgi vaqtda davlat byudjetiga hisoblanmasdan qolgan soliq summalarini undirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu oʻrinda aytish joizki, yashirin iqtisodiyot — davlat tomonidan rasmiy roʻyxatga olinmagan, soliq va hisobot tizimidan chetda qolgan iqtisodiy faoliyat turlaridir. U qisqa muddatda ayrim shaxslar uchun daromad manbai boʻlib koʻrinsa-da, uzoq istiqbolda jamiyat va davlat taraqqiyotiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Avvalo, yashirin iqtisodiyot davlat byudjetiga tushumlarni kamaytiradi. Soliqlar toʻlanmasligi natijasida ijtimoiy soha — taʼlim, tibbiyot, infratuzilma va ijtimoiy himoya dasturlarini moliyalashtirish imkoniyatlari cheklanadi. Bu esa aholi farovonligiga bevosita taʼsir qiladi.

Ikkinchidan, u tadbirkorlik muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Qonuniy ish yuritayotgan tadbirkor soliq, ijara, sertifikat va boshqa majburiy toʻlovlarni amalga oshiradi. Yashirin faoliyat yuritayotgan subʼekt esa bu xarajatlardan qochadi va mahsulotni arzonroq narxda taklif qilishi mumkin. Natijada bozorda noqonuniy ustunlik vujudga keladi, halol raqobat tamoyili buziladi.

Shuningdek, yashirin iqtisodiyot investitsiya muhitiga ham salbiy taʼsir qiladi. Shaffoflik va huquqiy kafolatlar yetishmagan joyda investorlar xavfni yuqori baholaydi. Bu esa yangi ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy oʻsish surʼatlarini sekinlashtiradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan amalga oshirilayotgan raqamli nazorat tizimlari va bu borada sohaviy hamkorlikning kuchaytirilishi noruda foydali qazilmalar bozorida qonuniylikni taʼminlash, byudjet tushumlarini oshirish hamda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Amudaryo tumani Prokuraturasi esa mazkur yoʻnalishdagi tizimli faoliyati bilan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda muhim qadam tashlamoqda.

Bahrom Masharipov, Amudaryo tumani prokurori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019