16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:27
Jamiyat 👁 202

Voyaga yetmagan qizlar taʼlim-tarbiyasi — ustuvor vazifa

Voyaga yetmagan qizlar taʼlim-tarbiyasi — ustuvor vazifa

Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida voyaga yetmagan qizlarning taʼlim-tarbiyasi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, erta nikoh va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bagʻishlangan muhim yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbir hududlarda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda mutasaddi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri vazifasini bajaruvchi Muhabbat Shlimbetova, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi oʻrinbosari Xurzada Reimova, shuningdek, Amudaryo tumani hokimi oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot va idora rahbarlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari hamda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

Yigʻilishni ochib bergan Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Maryam Ahmedova soʻnggi yillarda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning taʼlim olishi va jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga toʻxtaldi. U voyaga yetmagan qizlar tarbiyasi nafaqat oila, balki butun jamiyatning masʼuliyati ekanini alohida taʼkidladi.

Qizlarimizning bilimli, mustaqil fikrlaydigan, oʻz huquqlarini biladigan shaxs boʻlib voyaga yetishi — ertangi taraqqiyotimiz poydevori ekanligini, shu bois mahalla, maktab va ota-onalar hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri vazifasini bajaruvchi Muhabbat Shlimbetova oʻz soʻzida maktablarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni sogʻlomlashtirish, psixologik xizmat samaradorligini oshirish, darsdan tashqari toʻgaraklar faoliyatini kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratdi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi qizlar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.

U har bir maktab direktori va sinf rahbari qizlarning davomati, darsdagi faolligi va oilaviy sharoiti boʻyicha muntazam monitoring olib borishi lozimligini qayd etdi. Taʼlim sifati bilan bir qatorda, tarbiya masalasi ham ustuvor yoʻnalish boʻlib qolishi kerakligi taʼkidladi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Xurzada Reimova esa voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, erta nikoh va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi. U ichki ishlar organlari tomonidan maktablar va mahallalarda profilaktik suhbatlar, huquqiy targʻibot tadbirlari muntazam oʻtkazilayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, qizlarni turli zararli oqimlar va salbiy taʼsirlardan himoya qilishda ota-onalarning hushyorligi va masʼuliyati muhim oʻrin tutishi alohida qayd etildi.

Yigʻilish davomida tuman hokimi oʻrinbosarlari soʻzga chiqib, joylarda olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni bildirdi. Ayrim hududlarda qizlarning maktabdan keyingi boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, sport va sanʼat toʻgaraklariga jalb qilish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish lozimligi taʼkidlandi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman masʼullariga bir qator aniq topshiriqlar berildi. Jumladan, maktablarda qizlar bilan ishlash boʻyicha alohida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish, ijtimoiy xavf guruhiga kiruvchi oilalar bilan manzilli ishlash, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini kuchaytirish, mahalla va taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish lozimligi qayd etildi.

Mazkur yigʻilish voyaga yetmagan qizlar taʼlim-tarbiyasi masalasi doimo eʼtibor markazida ekanini yana bir bor tasdiqladi. Qizlarimizning baxtli, sogʻlom va bilimli boʻlib ulgʻayishi — jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining muhim omilidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019