16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:41
Jamiyat 👁 193

EʼZOZ VA EʼTIROF – AYoLGA BOʻLGAN YuKSAK HURMAT IFODASIDIR

EʼZOZ VA EʼTIROF – AYoLGA BOʻLGAN YuKSAK HURMAT IFODASIDIR

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni yurtimizda nafaqat bayram, balki ayol zotiga boʻlgan yuksak ehtirom, mehr va eʼtiborning yorqin ifodasi sifatida keng nishonlanadi. Bu sana orqali jamiyat va davlat hayotida, oila va mahalla tizimida, turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarning oʻrni va nufuzi yana bir bor eʼtirof etiladi. Ayniqsa, umrini xalq xizmatiga bagʻishlagan, oʻz mehnati, sabr-toqati va matonati bilan koʻpchilikka oʻrnak boʻlgan moʻʼtabar ayollarga koʻrsatilayotgan hurmat va eʼzoz bu bayramning chinakam maʼno-mazmunini namoyon etadi.

Bayram arafasida Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlari tumanda yashovchi ana shunday eʼzozli ayollardan biri, umr boʻyi prokuratura sohasida mashaqqatlardan choʻchimay, fidoyi mehnat qilgan Gulora Bobojonova xonadoniga tashrif buyurdilar. Ular moʻʼtabar onaxonni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga chuqur ehtirom va ezgu tilaklarini izhor qildilar.

8-mart Xotin-qizlar kuni munosabati bilan prokuratura organlarida koʻp yillar davomida fidokorona xizmat qilib, yosh mutaxassislarni tarbiyalash, ularning bilim va malakasini oshirish hamda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan bir guruh faxriylarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrugʻi asosida prokuratura organlari faxriysi Gulora Bobojonova “Fidoiy murabbiy” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi rahbariyati tomonidan unga esdalik sovgʻalari bilan tantanali tarzda topshirildi.

Gulora Bobojonovaning koʻp yillik halol va samarali mehnati, ayniqsa, yosh kadrlarni tarbiyalash, ularni yetuk mutaxassis etib shakllantirish, sohada ilmiy-metodik yondashuvlarni mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari munosib eʼtirof etib kelinmoqda. U 2022-yilda ham tizimda koʻp yillar davomida fidokorona xizmat qilgani, yosh mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish, kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda faoliyatni ilmiy-metodik jihatdan taʼminlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “Faxriy xodim” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan edi.

Shuningdek, Gulora Bobojonova Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan uning prokuratura tizimidagi samarali va ibratli mehnati yana bir bor yuksak baholanib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Prezidiumining 2024-yil 8-yanvardagi qaroriga muvofiq “Ibratli ayol” koʻkrak nishoni bilan ham taqdirlangan.

Bunday eʼtirof va hurmat, avvalo, ayolning jamiyatdagi oʻrni qanchalik beqiyos ekanini koʻrsatadi. Gulora Bobojonova kabi fidoyi, matonatli va tajribali ayollar oʻz hayot yoʻli, mehnat faoliyati va insoniy fazilatlari bilan nafaqat soha vakillari, balki yosh avlod uchun ham haqiqiy ibrat maktabidir.

Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami ana shunday ayollarni qadrlash, ularning mehnatlarini ulugʻlash va ezgu ishlarini keng jamoatchilikka namuna sifatida koʻrsatish uchun yana bir imkoniyat boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019