16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:00
Jamiyat 👁 258

Gaz taʼminoti barqarorligi — turmush farovonligining muhim omilidir

Gaz taʼminoti barqarorligi — turmush farovonligining muhim omilidir

Aholi farovonligini taʼminlashda energetika tizimining barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, xonadonlardagi fayz va baraka, avvalo, uyimizdagi issiqlik va yorugʻlik bilan bevosita bogʻliqdir. Ayni shu maqsad yoʻlida "Hududgaz Qoraqalpogʻiston" gaz taʼminoti filialining "Amudaryotumangaz" boʻlimi tomonidan tizimli va izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Amudaryo tumanida tabiiy gaz yetib bormagan hududlarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash masalasi alohida nazoratga olingan boʻlib, bu jarayonda har bir isteʼmolchining manfaati va xavfsizligi bosh mezon etib belgilangan.

Bugungi kunda tuman boʻyicha suyultirilgan gaz isteʼmolchilarining umumiy soni 25 ming 933 tani tashkil etmoqda. Ularning asosiy qismi, yaʼni 25 ming 893 tasi aholi xonadonlaridir. Bu koʻrsatkich tuman aholisining salmoqli qismi aynan mana shu turdagi yoqilgʻi turiga ehtiyoj sezishini va tizimning masʼuliyati nechogʻlik yuqori ekanligini koʻrsatadi.

Geografik jihatdan keng hududni qamrab olgan Amudaryo tumanida gaz taʼminotining logistikasi va infratuzilmasi ham zamon talablariga mos ravishda shakllantirilgan. Ayni paytda tuman boʻyicha jami 38 ta ovul va mahalla toʻliq suyultirilgan gaz isteʼmoliga moslashtirilgan. Ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga qulaylik yaratish, gaz ballonlarini oʻz vaqtida va sifatli yetkazib berish maqsadida maxsus tizim yoʻlga qoʻyilgan. Xususan, tuman hududida 1 ta ixtisoslashtirilgan servis markazi hamda 7 ta tarqatish shaxobchasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur maskanlar orqali suyultirilgan gaz isteʼmolchilarga belgilangan grafiklar asosida, tartibli ravishda yetkazib berilmoqda.

Nafaqat suyultirilgan, balki tabiiy gaz bilan isteʼmolchilarni uzluksiz taʼminlash masalasi ham soha xodimlarining diqqat markazida. Tahlillar shuni koʻrsatdiki, 2024 va 2025-yillarda kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi aynan tabiiy gaz bosimining pastligi bilan bogʻliq boʻlgan. Isteʼmolchilarning haqli eʼtirozlarini inobatga olgan holda, "Hududgaz Qoraqalpogʻiston" gaz taʼminoti filiali tomonidan maxsus reja ishlab chiqildi va tumanda keng koʻlamli modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi.

2024-yilning oʻzida jami 8,3 kilometr uzunlikdagi gaz quvurlari yangidan rekonstruktsiya qilindi. Ushbu jarayonda tumanning Chordara, Navoiy, Boʻston va Oybek nomli mahallalari hamda Oʻrta qalʼa ovuli hududlarida gaz quvurlari halqasimon tarzda yangidan montaj qilindi. Ushbu murakkab muhandislik yechimi aholi va ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gazni hech qanday uzilishlarsiz va bir maromda yetkazib berish imkonini yaratdi. Endilikda mazkur hududlarda qishning eng sovuq kunlarida ham gaz bosimining barqarorligi taʼminlanmoqda, bu esa yuzlab oilalarning mushkulini oson qildi.

Ishlar koʻlami joriy yilda ham susaytirilmagan holda davom ettirilmoqda. Belgilangan istiqbolli rejaga muvofiq, isteʼmolchilarga tayubiiy gazni yoʻqotishlarsiz va uzluksiz yetkazib berish maqsadida Beruniy mahallasida 1,2 kilometr uzunlikdagi yangi oʻrta bosimli gaz quvuri montaj qilindi. Shuningdek, Tosh yop mahallasida yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarga chek qoʻyilib, 14,2 kilometrlik qoʻshqator va tartibsiz holatga kelib qolgan gaz quvurlari toʻliq tartibga keltirildi. Nafaqat texnik sozlash, balki estetik tashqi koʻrinish va tashqi muhit taʼsiridan himoyani taʼminlash maqsadida quvurlarni boʻyash ishlari ham sifatli amalga oshirildi. Bu kabi tadbirlar tarmoqdagi texnik yoʻqotishlarni kamaytirish bilan birga, xavfsizlik choralarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Amalga oshirilayotgan mazkur saʼy-harakatlarning samaradorligini raqamlar va aniq faktlar misolida yaqqol koʻrish mumkin. Agar eʼtibor qaratadigan boʻlsak, fuqarolarning davlat organlariga boʻlgan ishonchi va murojaatlar bilan ishlash madaniyati yuksalayotgan bir davrda, muammolarning joyida hal etilishi murojaatlar sonining kamayishiga xizmat qilmoqda. Masalan, 2024-yil davomida Virtual qabulxona orqali jami 171 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, 2025-yilga kelib bu koʻrsatkich 53 tani tashkil etdi. Bu esa murojaatlar sonining sezilarli darajada, yaʼni 69 foizga kamayganidan dalolat beradi. Bunday ijobiy natija, oʻz-oʻzidan paydo boʻlgani yoʻq, balki tizimdagi kamchiliklarni oldindan tahlil qilish va ularni bartaraf etish yoʻlidagi qatʼiy qadamlar hosilasidir.

Joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullarda aholi tomonidan bildirilayotgan eʼtirozlar imkon qadar shu joyning oʻzida bartaraf qilinmoqda. Gaz taʼminotini yaxshilash borasidagi ushbu amaliy ishlar shunchaki rasmiyatchilik uchun emas, balki xalqimizning roziligini olish yoʻlidagi muhim qadamdir. Tizimli yondashuv va aniq hisob-kitob asosida olib borilayotgan ishlar yaqin istiqbolda hududning energetik xavfsizligini yangi bosqichga olib chiqadi. Zero, soha xodimlarining tinimsiz mehnati va davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bir maqsadga – har bir xonadonda zangori olov oʻchmasligiga, har bir yurtdoshimizning turmushi farovon boʻlishiga qaratilgan. Maqsad aniq, rejalar esa izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda, demak, koʻzlangan natijalarga albatta erishiladi.

M.RAJAPOV, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining nazorat va murojaatlar boʻyicha yetakchi mutaxassisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026